Get Mystery Box with random crypto!

Talabalar

Telegram kanalining logotibi talabalar_kanaliuz — Talabalar T
Telegram kanalining logotibi talabalar_kanaliuz — Talabalar
Kanal manzili: @talabalar_kanaliuz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 12
Kanalning ta’rifi

• Ta'limga oid eng so'nggi xabar va yangiliklar!
• Biz bilan talabalikning haqiqiy onlarini his qiling
Reklama xizmati:👉 https://t.me/rek_info
Loyihamiz:👉 @Oliygoxlar_Bot

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2023-09-26 18:44:21 #Hazil
​​Talabaning izohli lug'ati.

1. Universtitet - “Tom tog‘aning kulbasi"
2. Dekan – “Cho‘qintirgan ota”
3. Jurnal – “Daydi qizning daftari”
4. Konspekt – “Daftar hoshiyasidagi bitiklar”
5. Kafedra – “Shaytanat”
6. Stipendiya –“Hayotga muhabbat”
7. YI yetakchisi – “Choliqushi” yoki “Robingud”
8. Kompyuterdagi test –“Alvido qurol”
9. Supervizor –“Maymun yetaklagan odam”
10. Seminar – “Jimjitlik”
11. Masofaviy ta'lim – “Asrga tatigulik kun”
12. O‘tgan semestr – “Yo‘qotganlarim va topganlarim”
13. Kurator – “Portobello jodugari”
14. Oraliq nazorat – “Jar yoqasidagi chaqmoq”
15. Besh baho – “Tushda kechgan umrlar”
16. Amaliyot –“Yolg‘izlikning yuz yili”
17. Gruppa – “Xo‘rlanganlar”
18. Starostalar majlisi – “Jinlar bazmi”
19. Yotoqxona – “Molxona”
20. Qorovul – “Revizor”
21. Qavat starostasi – “Xarobadan chiqqan millioner”
22. Oshxona – “Ko‘ngil deydiki... ”
23. Stipendiant – “Yashna Quyosh”
24. Otrobotka – “O‘tgan kunlar”
25. Jismoniy kafedra – “Mehrobdan chayon”
26. Ma’ruza - "Otamdan qolgan dalalar"
27. Rektorat – “O‘lim vodiysi”
28. Yozgi ta’til – “Dunyo bo‘ylab 80 kun”

Talabalarga ulashing
https://t.me/+2YxCzPdfg3U4MGFh
12.7K views15:44
Ochish/sharhlash
2023-09-25 18:44:02
#Hayotiy

Sizda ham shunaqami

Do‘stingizga jo‘natib qo‘ying


Bizni kuzatib boring
https://t.me/+2YxCzPdfg3U4MGFh
12.9K views15:44
Ochish/sharhlash
2023-09-23 13:14:03
O‘qituvchi: Hozir doskaga chiqadi...!
Deb boshlaganida Men shu zaxoti nimadirlarni yozishni boshlayman

Bizni kuzatib boring
https://t.me/+2YxCzPdfg3U4MGFh
14.1K views10:14
Ochish/sharhlash
2023-09-22 18:44:02 1-kurslar uchun toʻlov-kontrakt toʻlash muddati 15-oktyabrgacha uzaytirildi

Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan, ko‘pchilik abituriyentlar va ularning ota-onalari hamda oliy taʼlim muassasalari rektorlarining murojaatlarini inobatga olib, 2023/2024-o‘quv yilida oliy taʼlim muassasalari bakalavriati va magistraturasiga to‘lov-kontrakt, jumladan, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar o‘qishi uchun to‘lov haqini o‘tkazish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning so‘nggi muddati 2023-yilning 15-oktyabri etib belgilandi.

Eslatma: amaldagi tartibga ko‘ra, ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalar kontraktini to‘lash muddati OTM rahbarining buyrug‘i bilan uzaytirilishi mumkin.

@Talabalar_Kanaliuz
13.4K views15:44
Ochish/sharhlash
2023-09-20 18:47:47 Sizlarni bilmadimu, ammo men bularni juda-juda sog‘indim:

• Hech kim sizlarni bu yerga majburlab olib kelmagannnnn (o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari)

• Kontrakt to‘lamagan talabalar diqqatiga: ...........(....).....(dekan va o‘rinbosarlari)

• Darsdan keyin ketib qolish yo‘qqqq, hamma tadbirgaaaaa (fakultet yetakchisi)

• To‘rtta ''kuchli-zabardast'' yigit kerak, stipendiya chiqdiiiiii (madaniy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari)

• Bollarrrr stipendiya tushdii oshgaaa (guruh sardori)

• Hamma 10 mingdan bersinnnnnn, fondgaaaa (MIB, ya'ni guruh hisobchisi)

• O‘zlaring bilib-bilib pulni berib ketinglarrrrr (tug‘ilgan kunlar uchun pul yig‘ishga mas'ul kursdoshim)

• Xo‘shshshsh bugungi axborot soati mavzusi kimga berilgann (kurator)

Sizlarda ham shunday xotiralar bormi tengdoshlarim?
Unda albatta komentariyada yozib qoldiring.

Tanishlarga joʼnatamiz

Talabalarga ulashing
https://t.me/+2YxCzPdfg3U4MGFh
13.7K views15:47
Ochish/sharhlash
2023-09-18 05:59:15
Бу саволни жавобини фақат зийрак аёлларгина топа олошади.

Диққат! Булардан қайси бири ҳомиладор аёл?

ЖАВОБНИ КЎРИШ
12.9K views02:59
Ochish/sharhlash
2023-09-17 18:58:26
​​Eng yomoni nima bilasanmi?

–darsda domla mavzu qolib hayoti haqida so‘zlab o‘tirsa
–yagona biladigan savoling aytilsa-yu lekin boshqa doskaga chiqsa
–butun guruh telefon o‘ynab o‘tirasa-yu domla faqat seni ko‘rsa
–sessiyaga yaqin jurnal yo‘qolib qolsa
– imtohon kuni interneting o‘chgan bo‘lsa
–uxlamay tayyorlangan mavzuingni sendan oldin boshqa birov gapirib qo‘ysa
–30 varaq “otrabotka”ni qo‘lda yozsang

Imtohon kuni ertalab uyg‘onganingda kechasi telefoningni quvvatlashni unutgan bo‘lsang yomon alam qiladi…


Talabalarga ulashing
https://t.me/+2YxCzPdfg3U4MGFh
15.6K views15:58
Ochish/sharhlash
2023-09-17 18:29:01
Эрингиздан эътибор меҳр кутиб чарчадингизми

Ҳечнарсага қувватингиз йўқми

Таслим бўлишга шошилманг
Мен сизга муносабатларни
Янги танишувингиздаги ҳолатга чиқаришда ёрдам бераман

Бизда олди қочди гаплар йўқ
Каналимга уланинг ва натижани ўзингиз кўринг
14.8K views15:29
Ochish/sharhlash
2023-09-17 16:17:38
Javob esga kelmay qolsa nima qilasiz ?

Ayrim tavakkalchi abituriyentlar
haqida video

Ruchka otib, qayerga tushsa, shuni belgilaydiganlar ham bor-a?

@Talabalar_kanaliUz
13.9K views13:17
Ochish/sharhlash
2023-09-17 07:49:02 ​​​​ Eh talaba, talaba...

Koʻlda eski diplomat,
Turar tikka sarvqomat,
Unga kulgani omad,
Eh talaba, talaba.
Yilda bir bor kiyinar,
Ozgʻinligi bilinar,
Domlalarga ilinar,
Eh talaba, talaba.
Toʻyib yemaydi ovkat,
Qoldi suyagi faqat,
Kunmi tun uqir “doklat”,
Eh talaba, talaba.
Imtixonga oz qoldi,
Boshga ne kunlar soldi,
Domla jonimiz oldi,
Eh talaba, talaba...
Yurar baho ololmay,
Choʻntakka pul sololmay,
Darslariga qololmay,
Eh talaba, talaba.
Yotoqxona manzili,
Charchab osilar tili,
Baʼzan oʻksinar dili,
Eh talaba, talaba.
Kitoblari hayoti,
Sessiyadir mamoti,
Kim ham eshitar dodi?
Eh talaba, talaba.
Uy qidirib sargardon,
Yoqtirgan soʻzi arzon,
Buzilgandir oshqozon,
Eh talaba , talaba,
Gemoglabin tushmoqda,
Boshidan xush uchmoqda,
Uni sinov quchmoqda,
Eh talaba, talaba.
Bizni kutar kelajak,
Kulib boqar gʻalaba.
Ilmimiz boʻlar tirgak,
Biz talaba, talaba.
Budir omad, bu oq yoʻl,
Boshimizdan yogʻsin doʻl,
Maqsadga beraylik qoʻl,
Biz talaba, talaba.
(Hazil sheʼr)

Talabalarga ulashing
https://t.me/+2YxCzPdfg3U4MGFh
13.1K views04:49
Ochish/sharhlash