Get Mystery Box with random crypto!

#Hazil ​​Talabaning izohli lug'ati. 1. Universtitet - “Tom | Talabalar

#Hazil
​​Talabaning izohli lug'ati.

1. Universtitet - “Tom tog‘aning kulbasi"
2. Dekan – “Cho‘qintirgan ota”
3. Jurnal – “Daydi qizning daftari”
4. Konspekt – “Daftar hoshiyasidagi bitiklar”
5. Kafedra – “Shaytanat”
6. Stipendiya –“Hayotga muhabbat”
7. YI yetakchisi – “Choliqushi” yoki “Robingud”
8. Kompyuterdagi test –“Alvido qurol”
9. Supervizor –“Maymun yetaklagan odam”
10. Seminar – “Jimjitlik”
11. Masofaviy ta'lim – “Asrga tatigulik kun”
12. O‘tgan semestr – “Yo‘qotganlarim va topganlarim”
13. Kurator – “Portobello jodugari”
14. Oraliq nazorat – “Jar yoqasidagi chaqmoq”
15. Besh baho – “Tushda kechgan umrlar”
16. Amaliyot –“Yolg‘izlikning yuz yili”
17. Gruppa – “Xo‘rlanganlar”
18. Starostalar majlisi – “Jinlar bazmi”
19. Yotoqxona – “Molxona”
20. Qorovul – “Revizor”
21. Qavat starostasi – “Xarobadan chiqqan millioner”
22. Oshxona – “Ko‘ngil deydiki... ”
23. Stipendiant – “Yashna Quyosh”
24. Otrobotka – “O‘tgan kunlar”
25. Jismoniy kafedra – “Mehrobdan chayon”
26. Ma’ruza - "Otamdan qolgan dalalar"
27. Rektorat – “O‘lim vodiysi”
28. Yozgi ta’til – “Dunyo bo‘ylab 80 kun”

Talabalarga ulashing
https://t.me/+2YxCzPdfg3U4MGFh