Get Mystery Box with random crypto!

TALABALAR INFO™ | RASMIY

Telegram kanalining logotibi talabalar_info — TALABALAR INFO™ | RASMIY T
Telegram kanalining logotibi talabalar_info — TALABALAR INFO™ | RASMIY
Kanal manzili: @talabalar_info
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 21
Kanalning ta’rifi

🎓Talaba va Abituriyentlar uchun eng foydali va eng qiziqarli kanalga xush kelibsiz!
💬Aloqa: @Murojaad_Bot

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 2

2022-04-29 07:28:40
#bilasizmi

Test sinovlarida noto‘g‘ri tuzilgan savol tushib qolsa nima qilish kerak?

DTM mutasaddisi xato tuzilgan savollar taqdiri haqidagi savolga javob berdi:

Kirish imtihonlarida noto‘g‘ri savol tushgan taqdirda masala mutaxassislar tomonidan o‘rganilib, savol chindan ham noto‘g‘ri berilgan bo‘lsa, unga ball qo‘shib beriladi.Bu haqda DTM boshqarma boshlig‘i Bekzod Toshpo‘latov maʼlum qildi.

«Noto‘g‘ri savol tushgan taqdirda test yakuniga qadar eʼtirozlar varaqasida qayd etish mumkin.Masala mutaxassislar tomonidan o‘sha joyning o‘zida hal qilinadi va savol chindan ham noto‘g‘ri berilgan bo‘lsa, unga ball qo‘shib beriladi», dedi u.

B.Toshpo‘latov abituriyent test sinovlari chog‘ida hayajonda bo‘lishi va bu haqda o‘z vaqtida ogohlantirishga ulgurmay qolganda qanday yo‘l tutilishi haqida ham aytib o‘tdi.

«Bu holatda savollar kitobchasidan noto‘g‘ri savol o‘rin olgan abituriyent uchun qo‘shimcha kvota ajratiladi»


@Talabalar_Info
66 views04:28
Ochish/sharhlash
2022-04-22 03:15:34
Qutlugʻ Juma ayyomi barcha moʻmin musulmonlarga muborak boʻlsin. Bu kunda barcha duo qiluvchilarning duolari ijobat boʻlsin. Qalblarimizni Oʻzining muhabbati bilan shod aylasin…

Habibimiz Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallamga mukammal va tuganmas salovotlar boʻlsin…

Allohumma solli ala sayyidina Muhammad…

Yaqinlarni Sayyidul Ayyom bilan qutlang!


@Talabalar_Info
63 views00:15
Ochish/sharhlash
2022-04-21 02:53:17 May oyi boshida O‘zbekiston aholisi necha kun dam oladi? May oyi boshida o‘zbekistonliklar 7 kunlik dam olishni kutishmoqda.

1-may – yakshanba
2-may - dushanba (xayitning taxminiy sanasi)
3 may - seshanba (qo'shimcha dam olish kuni)
4-may - chorshanba (7-may, shanbaga koʻchirilgan dam olish kuni)
5-may - payshanba (14-may, shanbadan boshqa dam olish kuni)
8-may - yakshanba
9-may - dushanba (Xotira va qadrlash kuni)

Ramazon hayiti oy chiqishiga qarab 1 yoki 2 may kunlari nishonlanadi. Shu munosabat bilan qo'shimcha 7 va 14 mayga ko'chirilgan dam olish kunlari o'zgarishi mumkin.


@Talabalar_Info
47 views23:53
Ochish/sharhlash
2022-04-20 19:21:58 «Bilim uchun 100 million» loyihasining 3-tur savollari @bilimtestbot Telegram botida e’lon qilindi. Mazkur olimpiadada ishtirok etish uchun hali ro‘yxatdan o‘tmagan bo‘lsangiz, buning uchun hozir ham imkon bor.

3-tur savollarini 25-aprelga qadar oʻzingizga qulay soatda kirib, ishlashingiz mumkin. 1- va 2-turda ishtirok etmagan boʻlsangiz ham, 3-turda qatnashishingiz mumkin. @bilimtestbot’da ro‘yxatdan o‘ting va test ishlang.

Ma’lumot uchun
, olimpiadaning 1- va 2-turida 108 088 nafar ishtirokchilar qatnashdi. Hozirda jamoamiz bilan finalgacha bo‘lgan bosqichlarda faol ishtirok etgan va yuqori natija qayd etgan ishtirokchilarni taqdirlab borishni ham rejalashtiryapmiz.

Ro‘yxatdan o‘ting va ishtirok eting: @bilimtestbot

@alisher_sadullaev
37 views16:21
Ochish/sharhlash
2022-04-20 17:15:46 ABITURIYENTLAR UCHUN ONLAYN TEST

Abituriyentlar tayyorgarlikni sekin asta oxirgi bosqichiga yetib bormoqdalar. O‘z bilimingizni aniq tekshirib olish va qolgan abituriyentlarnikiga nisbatan solishtirib korish vaqti keldi.

Shunday imkoniyat sizga kop yillik tajribaga ega Prep.uz jamoasi tomonidan taqdim etiladi.
Butun respublika abituriyentlari o‘rtasida o‘tkaziladigan Onlayn testda qatnashing.

Testlarimiz yangi va boshqa yerda uchramaydi
Xuddi DTM imtihonidagidek testda qatnashish.
Raqobatga boy bilimdonlar bilan natijani solishtirib korish.
Testdan song maxsus sertifikat.
Eng asosiysi, har bir testning yechilish usuli ham taqdim etiladi.
Bizdan imkoniyat, sizdan shijoat. Ishonchli va samarali.

Test vaqti: 20.04.2022 BUGUN SHOSHILING
Soat: 20:00 – 23:00.

Onlayn test DTM standartlari asosida, o‘zbek va rus tillarida bo‘lib, majburiy va quyidagi asosiy fanlardan o‘tkaziladi:

Ona tili va adabiyot (Русский язык и литература)
Matematika (Математика)
Ingliz tili (Aнглийский язык)
Biologiya (Биология)
Kimyo (Химия)
Fizika (Физика)
Tarix (История)


Shartlari juda oson
Bot orqali royhatdan oting
To`lovni amalga oshiring va test boshlanishini kuting


@Talabalar_Info
35 views14:15
Ochish/sharhlash
2022-04-20 08:05:00
#ibrat_vaqti

Joni yongan sabr qilsin
Jon yoqqan esa yonar kunini kutsin... Muhammad ﷺ

Eslating! Zero, eslatma moʻminlarga manfaat yetkazur. (Z
ariyat surasi, 55-oyat)


@Talabalar_Info
35 views05:05
Ochish/sharhlash
2022-04-20 07:55:32 Uzrli sabablarga koʻra malaka (test) sinovlarida ishtirok eta olmagan oʻqituvchilar uchun sinov kuni belgilandi

Xabaringiz bor, 25-martdan boshlab respublikamizning 14 ta hududida pedagoglar attestatsiyasining malaka (test) sinovlari boʻlib oʻtmoqda.

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-sentyabrdagi 572-sonli qarori bilan tasdiqlangan pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizomning 45-bandida pedagog kadrlar attestatsiyaning biror bosqichida uzrli sababga (vaqtincha mehnatga qobiliyatsizligi, davlat yoki jamoat vazifalarini bajarganligi, respublika va xalqaro musobaqalarda ishtirok etganligi, vaqtincha xorijiy mamlakatda safarda boʻlganligi, yaqin qarindoshining vafoti, vakolatli davlat organi yoki taʼlim tashkilotlari rahbarlarining maʼlumotnomasida koʻrsatilgan boshqa asoslarga) koʻra kelmagan boʻlsa, ularning attestatsiyasi boshqa muddatga koʻchirilishi belgilangan.

Ushbu nizomga asosan hamda oʻqituvchilarga qulaylik yaratish va ularni qoʻllab-quvvatlash maqsadida uzrli sabablarga koʻra ishtirok eta olmagan oʻqituvchilar uchun malaka (test) sinovlari 22-aprel kuni oʻtkazilishini maʼlum qilamiz.

Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi uzrli sabablarga koʻra malaka (test) sinovlarida ishtirok eta olmagan oʻqituvchilar uchun sinov kuni may oyida oʻtkaziladi hamda aniq muddat haqida inspeksiyaning Telegramdagi rasmiy kanali (@uztdi) orqali qoʻshimcha xabar beriladi.


@Talabalar_Info
33 views04:55
Ochish/sharhlash
2022-04-20 07:36:51
Navbatdagi IQ test!

Respublika ta'lim markazi va KHISO olimpiada maktabi hamkorligida navbatdagi olimpiada!

20-aprel kuni soat 11:00 dan 23:00 gacha khiso.uz platformasida qiziqarli IQ testlarni yeching va intellektual salohiyatingizni aniqlang.

IQ test barcha o‘quvchilar, talabalar va o‘qituvchilar ishtirok etishlari mumkin.

Ro‘yxatdan o‘tish @khiso_uz2_bot orqali amalga oshiriladi.

Olimpiada ishtirok etish mutlaqo bepul!

Barcha ishtirokchilar QR kodli sertifikat bilan taqdirlanadi!

Saytdan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma bilan batafsil tanishib chiqing: YO‘RIQNOMA


@Talabalar_Info
29 views04:36
Ochish/sharhlash
2022-04-19 20:12:08
Profilaktika inspektorlari uchun test sinovlari o‘tkazildi

2022-yil 19-aprel kuni Davlat test markazi tomonidan profilaktika (katta) inspektorlarining bilim darajalarini aniqlash uchun test sinovlari o‘tkazildi.

Test sinovlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlari profilaktika inspektorlarining yuridik yo‘nalishdagi bilimlarini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 30-noyabrdagi PQ-23-son qaroriga muvofiq tashkil etildi.

Test sinovlari Ichki ishlar vazirligining talabiga binoan Buxoro, Qashqadaryo va Namangan viloyatlari hamda Toshkent shahrida tashkil etilib, jami 438 nafar talabgor ishtirok etdi.

Unda talabgorlarga huquqshunoslik fani (30 ta) va intellektual qobiliyat (30 ta) bo‘yicha 60 ta test topshirig‘i hamda ularni ishlash uchun 2 soat vaqt berildi.

Test natijalari hisoblangandan so‘ng Ichki ishlar vazirligiga taqdim etiladi.

Davlat test markazi


@Talabalar_Info
27 views17:12
Ochish/sharhlash