Get Mystery Box with random crypto!

Uzrli sabablarga koʻra malaka (test) sinovlarida ishtirok eta | TALABALAR INFO™ | RASMIY

Uzrli sabablarga koʻra malaka (test) sinovlarida ishtirok eta olmagan oʻqituvchilar uchun sinov kuni belgilandi

Xabaringiz bor, 25-martdan boshlab respublikamizning 14 ta hududida pedagoglar attestatsiyasining malaka (test) sinovlari boʻlib oʻtmoqda.

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-sentyabrdagi 572-sonli qarori bilan tasdiqlangan pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizomning 45-bandida pedagog kadrlar attestatsiyaning biror bosqichida uzrli sababga (vaqtincha mehnatga qobiliyatsizligi, davlat yoki jamoat vazifalarini bajarganligi, respublika va xalqaro musobaqalarda ishtirok etganligi, vaqtincha xorijiy mamlakatda safarda boʻlganligi, yaqin qarindoshining vafoti, vakolatli davlat organi yoki taʼlim tashkilotlari rahbarlarining maʼlumotnomasida koʻrsatilgan boshqa asoslarga) koʻra kelmagan boʻlsa, ularning attestatsiyasi boshqa muddatga koʻchirilishi belgilangan.

Ushbu nizomga asosan hamda oʻqituvchilarga qulaylik yaratish va ularni qoʻllab-quvvatlash maqsadida uzrli sabablarga koʻra ishtirok eta olmagan oʻqituvchilar uchun malaka (test) sinovlari 22-aprel kuni oʻtkazilishini maʼlum qilamiz.

Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi uzrli sabablarga koʻra malaka (test) sinovlarida ishtirok eta olmagan oʻqituvchilar uchun sinov kuni may oyida oʻtkaziladi hamda aniq muddat haqida inspeksiyaning Telegramdagi rasmiy kanali (@uztdi) orqali qoʻshimcha xabar beriladi.


@Talabalar_Info