Get Mystery Box with random crypto!

#ONLAYNTANLOV Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridag | Talaba_VUZ

#ONLAYNTANLOV

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Ma’naviyat va ma’rifat markazining Internet va ijtimoiy tarmoqlar bilan ishlash bo‘limi “Media va savodxonlik” onlayn tanlovini talaba-yoshlarga taqdim etadi.

Bu qanday tanlov deysizmi?
Unda siz media-savodxonlik bo‘yicha test topshiriqlarini yechishingiz lozim bo‘ladi.

Mazkur yo‘nalish bo‘yicha 2 kun mobaynida soat 19.00da 10 tadan test savollar manaviyateduuz telegram kanalida yoritiladi.

#Onlayntanlov 18-iyundan 19-iyungacha bo‘lib o‘tadi va 20-iyun kuni g‘oliblar manaviyateduuz telegram kanalida e’lon qilinadi.

Barcha savollarga tezkorlik bilan to‘g‘ri javob bergan birinchi 10 nafar g‘oliblar Oliy va o‘rta maxsus talim vazirligi huzuridagi Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan diplom hamda badiiy kitoblar jamlanmasi bilan taqdirlanadi.

Faol bo‘ling, bilimingizni sinab ko‘ring!

@manaviyateduuz – Vazirlik huzuridagi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rasmiy sahifasi