Get Mystery Box with random crypto!

#tibbiy_profilaktik_aksiya 1-iyun Xalqaro bolalarni himoya | Talaba_VUZ

#tibbiy_profilaktik_aksiya

1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan “Inson qadri uchun!” shiori ostida tibbiy profilaktik ko‘riklar aksiyasi o‘tkaziladi.

2022-yil 31-may kuni Vazirlik huzuridagi Ma'naviyat va ma'rifat markazi tomonidan Toshkent shahar Olmazor tumani, Talabalar shaharchasida ko‘p tarmoqli markaziy talabalar poliklinikasi hududida sayyor tekin tibbiy ko‘rik va sog'lomlashtirish aksiyasi tashkil etilmoqda.

Aholi salomatligini asrash, bolalarda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish bo‘yicha profilaktik tekin tibbiy ko‘rikka tajribali stomatolog, lor, ortoped, pediatr, terapevt, jarroh, okulist, psixiatr, nevrolog, kardiolog, dermatolog, allergolog, ginekolog, urolog, nevropotolog, endokrinolog, onkologlar jalb etiladi.

Aksiyaga 09:00 dan 16:00 ga qadar tashrif buyurib, bepul ko'rikdan o'tishingiz mumkin. Biz sizning sog'ligingiz uchun ham qayg'uramiz!
Manzil lokatsiyasi

@manaviyateduuz –Vazirlik huzuridagi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rasmiy sahifasi