Get Mystery Box with random crypto!

Barcha kursdagi qizlarga taʼlim krediti beriladimi ? Bu kredi | Talaba | official 🎓

Barcha kursdagi qizlarga taʼlim krediti beriladimi ?

Bu kredit barcha qizlarga beriladimi ?

Yosh chegarasi belgilanganmi ?


Necha marta beriladi ?

Javoblar:

Ushbu taʼlim krediti barcha kursdagilar beriladi, birinchi kursmi, uchinchi kursmi, farqi yoʻq (ikkinchi kurs-chi, toʻrtinchi kurs-chi, deb soʻramang, ularga ham beriladi. E, ana boring, beshinchi kursga ham beriladi);

ushbu taʼlim krediti oilaviy ahvolidan qatʼi nazar barcha xotin-qizlarga beriladi, faqat "Ayollar daftari"ga kirganlarga beriladi, degan gap notoʻgʻri;

ushbu taʼlim kreditini olish uchun yosh chegarasi belgilanmagan, yuqoridagi postda aytilgan talabalarga toʻgʻri keluvchi istalgan yoshdagi xotin-qizlar olishlari mumkin;

ushbu taʼlim krediti bir yil uchun beriladi, 4 yillikni umumlashtirib olib boʻlmaydi. Lekin uni bir necha marta olish mumkin, bunga cheklov yoʻq. Yaʼni birinchi kursda olganlar, ikkinchi kursda yana olishlari mumkin;

ushbu taʼlim kreditini oiladagi bir necha qiz farzandlar ham olishi mumkin, bitta oilaga faqat bir kishi degan cheklov yoʻq (faqat rasmiy daromadi bor kafil topilsa boʻldi);

ushbu taʼlim krediti super-kontrakt, qoʻshma taʼlim va ikkinchi mutaxassislik uchun berilmaydi. Bunda super-kontrakt uchun faqat birinchi yilda berilmaydi, ammo ikkinchi va undan yuqori kurslarda oddiy kontrakt toʻlashlari hisobiga super-kontrakt bilan kirganlarga ham yuqori kurslarda taʼlim krediti beriladi;

taʼlim krediti faqat toʻlov-kontrakt summasi miqdorida beriladi. Masalan, aslida bir yillik kontrakt 10 mln soʻm boʻlsa, 15 mln soʻm kredit olib boʻlmaydi;

Davlat OTMlardagi magistratura uchun bunaqa kredit berilmaydi, chunki joriy yildan boshlab davlat OTMlarida magistraturada oʻqiyotgan barcha xotin-qizlarning kontraktlari davlat byudjetidan toʻliq toʻlab beriladi. Birinchi kurslarga ham, ikkinchi kurslarga ham. Ammo nodavlat OTMlarning magistraturasida oʻqiyotgan qizlarning kontraktlari toʻlab berilmaydi. Shu sababli ular foizsiz taʼlim krediti olishlari mumkin;

taʼlim krediti summasini toki oʻqish tugashini kutib oʻtirmasdan vaqtliroq toʻlashni boshlasa ham boʻladi. Aksincha bundan banklar faqat xursand boʻladi va haqqingizga duo qilishadi :)

ushbu qaror avvalgi yillarda olingan foizli taʼlim kreditlariga taalluqli emas va avvalgi kreditlarning foizini bekor qilmaydi.

Manba: @Xushnudbek

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Batafsil malumot
https://t.me/+V1AHHKmbD0ue-1HU
https://t.me/+V1AHHKmbD0ue-1H