Get Mystery Box with random crypto!

​​​Kontraktning 25 foyizi 15-sentyabrgacha toʻlanishi kerakmi | Talaba | official 🎓

​​Kontraktning 25 foyizi 15-sentyabrgacha toʻlanishi kerakmi ?

2020-2021-oʻquv yilidan boshlab, oliy taʼlim muassasalari talabalariga toʻlov-kontrakt miqdorlarini oʻquv yili davomida teng ulushlarda toʻrt boʻlib toʻlash imkoniyati berilgan edi.

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi xabariga koʻra, talabalar kontraktni quyidagi muddatlarda boʻlib toʻlashlari mumkin:

belgilangan toʻlov miqdorining kamida 25 foizini talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun 15-sentyabrgacha (yoki Davlat qabul komissiyasi belgilagan muddatgacha) hamda ikkinchi va undan keyingi bosqich talabalar uchun 1-oktyabrgacha (yoki OTM rahbariyati uzaytirgan muddatgacha);

belgilangan toʻlov miqdorining kamida 50 foizi 1-yanvargacha, 75 foizi 1-aprelgacha va 100 foizi 1-iyulgacha (yoki OTM rahbariyati uzaytirgan muddatlargacha);

xorijiy fuqarolar uchun OTM rahbariyati belgilagan muddatlargacha;

Asos: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5953 sonli farmoni.(18-band)

Kimdir sizga kontraktni 4 boʻlib toʻlashingizga qarshilik qilsa, avval 50% toʻlaysan desa mana shu xabarni koʻrsating!

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Batafsil malumot
https://t.me/+V1AHHKmbD0ue-1HU
https://t.me/+V1AHHKmbD0ue-1H