Get Mystery Box with random crypto!

​​#Qabul2022 #RasmiyMunosabat Nogironligi bo‘lgan abituriyentl | Talaba | official 🎓

​​#Qabul2022 #RasmiyMunosabat
Nogironligi bo‘lgan abituriyentlarga qulayliklar yaratilmoqda

Davlat komissiyasining 2-son bayonida jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida, ko‘rish yoki eshitishda nuqsoni bo‘lgan nogiron abituriyentlarga test topshiriqlari kitobini ishlashlari va javoblar varaqasini bo‘yashlarida qulayliklar yaratilishi belgilangan.

2022-yil 14-avgust kuni 2-smenada Xorazm viloyatida o‘tkazilgan test sinovlarida 35-guruhdagi abituriyent E.A.Sapoyev ko‘rish qobiliyatida nuqsoni borligi sababli javoblar varaqasini to‘ldirish uchun yordam so‘ragan.

Holat Davlat test markazi xodimlari tomonidan o‘rganilib, haqiqatdan ham abituriyentning ko‘rish qobiliyatida nuqsoni borligi sababli guruh nazoratchisi tomonidan javoblar varaqasiga tegishli javoblarni bo‘yash uchun yordam ko‘rsatilgan.

Jarayon guruhdagi barcha abituriyentlarning roziligi bilan Davlat test markazi xodimlari va guruh nazoratchilari kuzatuvi ostida amalga oshirilgan.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Batafsil malumot
https://t.me/+V1AHHKmbD0ue-1HU
https://t.me/+V1AHHKmbD0ue-1H