Get Mystery Box with random crypto!

​​#Qabul2022 #Statistika 2022-2023-o‘quv yili uchun ro‘yxatd | Talaba | official 🎓

​​#Qabul2022 #Statistika
2022-2023-o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni haqida ma’lumot (qabul yakuni bo‘yicha)

2022-2023-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish yakunlandi.

Qabul yakuniga ko‘ra onlayn ro‘yxatdan o‘tgan va ta’lim yo‘nalishlarini tanlagan abituriyentlar soni 1 214 232 nafarni tashkil etdi.

Shundan:

395 023 nafari — joriy yil bitiruvchilari;
819 209 nafari — avvalgi yillar bitiruvchilari.

Abituriyentlarning ta’lim shakllari bo‘yicha taqsimoti (birinchi ta’lim yo‘nalishiga nisbatan):

Kunduzgi ta’lim shakli — 612 530 nafar;
Sirtqi ta’lim shakli — 565 902 nafar;
Kechki ta’lim shakli — 27 417 nafar;
Masofaviy ta’lim shakli — 8 383 nafar.

Abituriyentlarning doimiy yashash hududi bo‘yicha taqsimoti:

Qashqadaryo viloyati — 140 797 nafar.
Samarqand viloyati — 133 610 nafar.
Toshkent viloyati — 116 251 nafar.
Farg‘ona viloyati — 109 938 nafar.
Surxondaryo viloyati — 106 145 nafar.
Andijon viloyati — 79 235 nafar.
Namangan viloyati — 77 607 nafar.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 75 819 nafar.
Jizzax viloyati — 74 346 nafar.
Toshkent shahri — 68 545 nafar.
Buxoro viloyati — 67 663 nafar.
Xorazm viloyati — 64 351 nafar.
Navoiy viloyati — 54 512 nafar.
Sirdaryo viloyati — 45 413 nafar.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Batafsil malumot
https://t.me/+V1AHHKmbD0ue-1HU
https://t.me/+V1AHHKmbD0ue-1H