Get Mystery Box with random crypto!

#Qabul2022 #Statistika 2022-2023-o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o | Talaba | official 🎓

#Qabul2022 #Statistika
2022-2023-o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni haqida ma’lumot (2022-yil 9-iyul 18:00 holatiga)

my.dtm.uz saytida ro‘yxatdan o‘tgan (telefon raqamini avtorizatsiyadan o‘tkazgan) abituriyentlar soni — 454 561 nafar. Shundan:

Ta’lim yo‘nalishlarini tanlaganlar: 305 554 nafar (67 %);
Taʼlim yo‘nalishlarini tanlamaganlar: 149 007 nafar (33 %).

Tugatgan ta’lim muassasasi ma’lumotlarini kiritganlar — 287 994 nafar. Shundan:

156 360 nafari — joriy yil bitiruvchilari;
131 634 nafari — avvalgi yillar bitiruvchilari.

Ta’lim yo‘nalishlarini tanlagan abituriyentlarning doimiy yashash hududi bo‘yicha taqsimoti:

Samarqand viloyati — 37 653 nafar.
Toshkent viloyati — 34 691 nafar.
Qashqadaryo viloyati — 31 522 nafar.
Farg‘ona viloyati — 29 740 nafar.
Andijon viloyati — 25 173 nafar.
Toshkent shahri — 23 951 nafar.
Surxondaryo viloyati — 23 951 nafar.
Namangan viloyati — 19 191 nafar.
Buxoro viloyati — 17 893 nafar.
Jizzax viloyati — 15 794 nafar.
Xorazm viloyati — 15 048 nafar.
Navoiy viloyati — 13 736 nafar.
Sirdaryo viloyati — 12 152 nafar.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 5 577 nafar.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Batafsil malumot
https://t.me/+V1AHHKmbD0ue-1HU
https://t.me/+V1AHHKmbD0ue-1HU