Get Mystery Box with random crypto!

Talaba yoshlar(rasmiy)

Telegram kanalining logotibi talaba_assatsatsiyasi — Talaba yoshlar(rasmiy) T
Telegram kanalining logotibi talaba_assatsatsiyasi — Talaba yoshlar(rasmiy)
Kanal manzili: @talaba_assatsatsiyasi
Toifalar: Telegram
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 31

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-03-18 11:07:46 2022/2023-o‘quv yilidan:

- tibbiyot oliygohlariga davlat grantlari asosida qabul kvotalari, hududlarda shifokorlarga bo‘lgan haqiqiy ehtiyojdan kelib chiqib, maqsadli oshirib boriladi;

- ftiziatriya, gematologiya, nefrologiya, pulmonologiya, psixiatriya, shoshilinch tibbiy yordam, laboratoriya ishi, yuqumli kasalliklar kabi 15 ta tor sohadagi mutaxassislik bo‘yicha magistraturaga davlat grantlari 4 baravarga oshiriladi;

- 11 ta tibbiyot oliygohida olti oylik ixtisoslashgan kurslar tashkil etilib, har yili 500 nafardan oilaviy shifokorni hududlardagi eng zarur tor soha mutaxassisligi bo‘yicha maqsadli o‘qitish dasturi amalga oshiriladi.

https://t.me/Talaba_Tv_uz
44 views08:07
Ochish/sharhlash
2022-03-17 13:42:06 Qizlar uchun magistratura tekin – bu imtiyoz barcha magistrant qizlar uchunmi yoki faqat yangi qabul qilinadigan talabalar uchunmi?

SAVOL: 1-bosqichida o‘qiyotgan, keyingi yil 2-bosqichga o‘tadigan talabalarning ham magistratura puli qoplanadimi?

JAVOB: 2022/2023 o‘quv yilidan to‘lov kontrakt asosida 1-bosqichga qabul qilinadigan hamda ushbu o‘quv yilida 2-bosqichga o‘tgan magistr xotin-qizlarning kontrakt to‘lovlari qaytarish shartisiz qoplab beriladi.

Asos: PF-87-son, 07.03.2022-yil

Do'stlaringizga ulashing
https://t.me/Talaba_Tv_uz
47 views10:42
Ochish/sharhlash
2022-03-17 13:41:26
TEZKOR: KONTRAKT TO‘LOVLARI 1-APRELGA QADAR UZAYTIRILDI

2021/2022 o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalari talaba va o‘quvchilar o‘qishi uchun kontrakt miqdorini to‘lashning so‘nggi muddati 2022-yilning 1-aprel sanasi etib belgilandi.

Ushbu muddat quyidagilar:

to‘lov-kontrakt asosida talabalikka (magistratura, bakalavr) tavsiya etilganlar;

to‘lov-kontrakt asosida professional ta’lim muassasalari (texnikum, kollej)ga o‘quvchilikka tavsiya etilganlar;

tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilganlar;

o‘qishi ko‘chirilgan (ko‘chirib tiklangan) va qayta tiklangan talabalar uchun amal qiladi.

Bungacha ushbu muddat 1-martga qadar uzaytirilgan edi.

Manba: https://t.me/eduuz/8323

Ta'lim sohasiga oid yangiliklar:
https://t.me/Talaba_Tv_uz
44 views10:41
Ochish/sharhlash
2022-03-17 13:40:06
Pasport (ID karta) olmagan bitiruvchilar OTMga hujjat topshira olmaydi.

Xalq taʼlimi vazirligi 16 yoshga toʻlgan maktab bitiruvchilaridan oʻz vaqtida pasport (ID karta) olishni soʻramoqda. 16 yoshga toʻlgan 122 mingdan ortiq (31 foiz) bitiruvchi pasport (ID karta) olmagan.

“OTMlarga abituriyentlarning hujjatlari Davlat test markazining
abitur.dtm.uz sayti orqali onlayn qabul qilinadi. Onlayn hujjat topshirish uchun bitiruvchilarning pasport (ID karta) maʼlumotlarini (jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami -JSHSHIR) kiritish talab etiladi. Shu bois, 16 yoshga toʻlgan bitiruvchilar oʻz vaqtida pasport (ID karta) olishlari zarur”, deya eslatmoqda vazirlik.

Barcha abituriyentlarga yetkazib qo‘ying!
https://t.me/Talaba_Tv_uz
41 views10:40
Ochish/sharhlash
2022-03-16 20:00:27
Diplomlari toʻgʻridan-toʻgʻri tan olinadigan xorijiy OTMlar - 2022

O‘zbekistonda diplomlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri (maxsus sinovlarsiz) tan olinadigan xorijiy OTMlarning 2022-yil uchun ro‘yxati bilan tanishing.

BATAFSIL: https://oliygoh.uz/post/world-rangking-2022



https://t.me/Talaba_Tv_uz
42 views17:00
Ochish/sharhlash
2022-03-16 15:09:58
Fransiyaning Oʻzbekistondagi elchixonasi tomonidan fransuz tilida notiqlik tanlovi; bosh mukofot – Fransiyaga 1 oylik bepul sayohat!

Tanlovda fransuz tilidan kamida B2 daraja sertifikati boʻlgan bakalavriat va magistratura talabalari qatnashishi mumkin.

Ishtirokchilar fransuz tilidagi nutqida berilgan fikrni qoʻllab-quvvatlab yoki rad etib oʻz vajlarini keltirishi kerak boʻladi.

Mukofotlar:
– 1-oʻrin: Fransiyaga 1 oylik sayohat uchun yoʻllanma.
– 2-oʻrin: Fransiyaga 1 oylik sayohat uchun yoʻllanma.
– 3-oʻrin: planshet.
– Barcha ishtirokchilar sertifikat bilan taqdirlanadi.

Arizalar 2022-yil 21-martgacha qabul qilinadi.

Batafsil
https://grantlar.uz/fransuz-tilida-notiqlik-tanlovi-bosh-mukofot-fransiyaga-1-oylik-bepul-sayohat/

https://t.me/Talaba_Tv_uz
39 views12:09
Ochish/sharhlash
2022-03-16 07:05:48 Kimlarga stipendiya tushdi?

Yangi yil arafasida a'lochilarni va iqtidorli talabalarni rag'batlantirish uchun ko'plab OTMlarda talabalarga qo'shimcha stipendiya tashlab berishgan edi.

Amaldagi tartibga ko'ra 4 va 5ga yopgan talabalarga har oy bazaviy stipendiyaning 50 foizigacha qo'shimcha rag'batlantirish pullari berilishi mumkin, bunday rag'bat puli berilmayotganini vazirimiz tanqid qilgandan so'ng yangi yil arafasida talabalarga tashlab berilgan edi.

Mana oradan 3 oy o'tibdi. Har oy tashlab berilmayotgan bo'lsa ham Navro'z arafasi a'lochi va iqtidorli talabalarga rag'bat pullarini tashlab beringlar yoki vazir tanqid qilishini kutyabsizmi?

Axr budjet ajratgan mablag'ning 10 foizi va talabalar to'layotgan kontrakt pullarining 2 foizi shu talabalarni rag'batlantirish jamg'armasiga tushadiku. Ajratilgan pullarni bankda foiz tug'dirmasdan vaqtida maqsadli sarflash kerak. Oy ham yarimlab qoldi, ayrim talabalarga rag'bat puli uyoqda tursin, oddiy stipendiya ham hali tushmagan.

https://t.me/Talaba_Tv_uz
40 views04:05
Ochish/sharhlash
2022-03-15 17:14:10 Eslatib o'tamiz

Respublikamizda mavjud bo'lgan OTM da o'qiyotgan talabalar
(ta'lim shaklidan qat'i nazar faqat kredit modul tizimidagi talabalar bundan mustasno) Navro‘zda bayrami arafasida necha kun dam olishadi
?

Aytingchi???

Batafsil quyidagi lavhamizda...

Navro‘zda talabalar uchun ta'til berilishi haqida hech qanday gap so'z yo'q. Lekin xodimlar ya'ni o'qituvchilar 4-5 kun dam oladi, bu davrda darslar bo'lmaydi, demak talabalar ham 4-5 kun dam oladilar.

19-mart haftasiga 6 kun ishlaydiganlar uchun ish kuni bo'lganligi sababli o'qituvchilar ishga keladi va auditoriyalarda darslar bo'ladi, bu kun faqat haftasiga 5 kun ishlaydiganlar va o'qiydiganlar uchun dam olish kuni xolos.

• 20-mart (yakshanba) - dam olish kuni
• 21-mart (dushanba) - dam olish kuni
• 22-mart (seshanba) – qo‘shimcha ishlanmaydigan kun
• 23-mart (chorshanba) - qo‘shimcha ishlanmaydigan kun

Xulosa shuki haftasiga 5 kun o'qiydigan talabalar 19-martdan — 23-martgacha dam oladi, haftasiga 6 kun o'qiydigan talabalar 20-martdan — 23-martgacha dam oladi.


https://t.me/Talaba_Tv_uz
91 views14:14
Ochish/sharhlash
2022-03-15 16:58:04
#kredit-modul tizimi

Bilasizmi

Shunisi aniqki, kredit-modul tizimining yuzaga kelishiga tanlov fanlari amaliyoti sabab boʼlgan.
Talabalar fanlarni maʼlum darajada oʼzlari tanlash huquqiga ega boʼlish orqali oʼzlarining taʼlim traektoriyalariga ega boʼlishadi. Taʼlimdagi bu xususiyat orqali talabalar oʼzlari qiziqqan fan va yoʼnalishlarni chuqurroq oʼrganish, talabalik davridan samarali foydalanish, oʼz salohiyatlarini toʼliq roʼyobga chiqarishga va oʼzlari uchun oʼzlari qaror qabul qilish imkoniyatiga ega boʼladilar.
—————————————————-
Barcha talabalarga ulashamiz!!!
https://t.me/Talaba_Tv_uz
43 views13:58
Ochish/sharhlash
2022-03-14 14:35:13
Talabalar bandligiga e’tibor qaratildi

Guliston davlat universiteti rektori M.Xodjiyevning talaba-yoshlar bilan ochiq mulqoqt shaklidagi uchrashuvlarining navbatdagi manzili Yangiyer shahrida joylashgan Pedagogika fakultetida bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda talabalarning o‘quv faoliyatini yanada yaxshilab borasidagi takliflari tinglandi. Maktabgacha ta’lim yo‘anlishi talabalarining bandligi ta’minlash maqsadida, Davlat sherikchilik asosidagi xususiy maktabgacha ta’lim tashkilotlari bilan kelishuv doirasida, darsdan bo‘sh vaqtlarida ularni bog‘chalarga jalb qilinishi yo‘lga qo‘yildi.

https://t.me/Talaba_Tv_uz
50 views11:35
Ochish/sharhlash