Get Mystery Box with random crypto!

Kimlarga stipendiya tushdi? Yangi yil arafasida a'lochilarni | Talaba yoshlar(rasmiy)

Kimlarga stipendiya tushdi?

Yangi yil arafasida a'lochilarni va iqtidorli talabalarni rag'batlantirish uchun ko'plab OTMlarda talabalarga qo'shimcha stipendiya tashlab berishgan edi.

Amaldagi tartibga ko'ra 4 va 5ga yopgan talabalarga har oy bazaviy stipendiyaning 50 foizigacha qo'shimcha rag'batlantirish pullari berilishi mumkin, bunday rag'bat puli berilmayotganini vazirimiz tanqid qilgandan so'ng yangi yil arafasida talabalarga tashlab berilgan edi.

Mana oradan 3 oy o'tibdi. Har oy tashlab berilmayotgan bo'lsa ham Navro'z arafasi a'lochi va iqtidorli talabalarga rag'bat pullarini tashlab beringlar yoki vazir tanqid qilishini kutyabsizmi?

Axr budjet ajratgan mablag'ning 10 foizi va talabalar to'layotgan kontrakt pullarining 2 foizi shu talabalarni rag'batlantirish jamg'armasiga tushadiku. Ajratilgan pullarni bankda foiz tug'dirmasdan vaqtida maqsadli sarflash kerak. Oy ham yarimlab qoldi, ayrim talabalarga rag'bat puli uyoqda tursin, oddiy stipendiya ham hali tushmagan.

https://t.me/Talaba_Tv_uz