Get Mystery Box with random crypto!

Yoshlikda olingan ilm toshga o'yilgan naqsh kabidir.. Marka | Tahsil ta'lim markazi

Yoshlikda olingan ilm toshga o'yilgan naqsh kabidir..

Markazimiz go'yo bir fayzli uy singari, sababi har kuni yuzlab jajji, beg'ubor, qalbi pok ilmga chanqoq bolajonlar bilan to'lib toshadi. Ulardan taralgan kulgu ustozlarimizning darsga bo'lgan muhabbatini yanada jumbushga keltiradi.

Ana shunday darslardan biri bu markazimizning Jannat bulbullari guruhi. Ular dars davomida o'rgangan bilimlarini amalda qo'llab ko'rishdan to'xtashmaydi

Ularning hozirdan ilm olishga olgan muhabbati va mana shunday ilm muhabbatini qo'llab-quvvatlaydigan ota-onalar borligi bizni xursand qiladi, bizni harakatdan to'xtamaslikka, shahdam qadam tashlashga undaydi.

Agarda siz ham o'z farzandingizni go'zal nashidlar ayta olishi, odob-axloqi yanada yaxshilanishi, qolaversa, xorijiy tillarni o'rganishini istasangiz markazimizdagi Jannat bulbullari kursi uchun ro'yxatdan o'ting.

Yangi guruh qabuliga yozilmoqchi bo’lsangiz ushbu profilga murojaat qiling: @tahsiladmin

Telefon: +998712005111