Get Mystery Box with random crypto!

Jannat bulbullari guruhi o’quvchilari 1-iyun bolalar kuni muno | Tahsil ta'lim markazi

Jannat bulbullari guruhi o’quvchilari 1-iyun bolalar kuni munosabati bilan o’tkazilgan tadbirda ishtirok etishdi

Tahsil ta’lim markazimizda tashkil qilingan Jannat bulbullari guruhimiz o’quvchilari Vaqf xayriya jamoat fondi tomonidan 1-iyun kuni Bolalar kuni munosabati bilan o’tkazilgan tadbirda ishtirok etishdi.

Tadbirda o’quvchilarimiz va markazimiz yo’lboshchisi Muhammad Ayyub Boymirzayev tomonidan go’zal nashidalar ijro etib mehmonlarni xursand qilishda o’z hissasini qo’shdilar.

Tahsil markazi ushbu tadbirni tashkil qilishda ishtirok etgan barcha tashkilotlarga, xususan, Vaqf xayriya jamoat fondiga o’z minnatdorchiligini bildirib qoladi

Hurmatli ota-onalar! Siz ham o’z farzandingizni shunday go’zal, yoqimli nashidalar aytishini istasangiz, ayni vaqtda yangi guruh uchun qabul jarayonlari davom etmoqda.

Yangi guruh qabuliga yozilmoqchi bo’lsangiz ushbu profilga murojaat qiling: @tahsiladmin

Telefon: +998712005111