Get Mystery Box with random crypto!

“Telegram”da 11 ta kanal ochib ekstremistik gʻoyalarni targʻib | Taftish.uz | Rasmiy kanal

“Telegram”da 11 ta kanal ochib ekstremistik gʻoyalarni targʻib qilgan shaxsga nisbatan sud hukmi oʻqildi
 
Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanida yashovchi, 21 yoshli fuqaro 2018-2023-yillar davomida doimiy yashash manzilida boʻlishi hamda 2022-yilning iyul-noyabr oylarida Qozogʻistonning Olmaota shahrida mavsumiy ishlashi davomida ijtimoiy tarmoqlar orqali xalqaro terroristik tashkilotlar gʻoyaviy rahnamolarining “hijrat” va “jihod”ga chorlovchi audio-video maʼruzalarini tinglab, tomosha qilgan.

Natijada, u “Telegram” messenjerida 11 ta kanal ochib, ekstremistik mazmundagi gʻoyalarni targʻib qilish bilan shugʻullangan.
Hatto unda Suriyaga borib, “jihod” qilish istagi paydo boʻlgan va ayni shu maqsadda ijtimoiy tarmoqlar orqali oʻzgalardan kerakli maslahatlarni olgan.

DXX tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, bu shaxsning Suriyaga ketishining oldi olindi hamda unga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

Sud hukmiga koʻra, mazkur shaxsga nisbatan 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

@taftish_uz