Get Mystery Box with random crypto!

#Deputatlik_soʻrovi Dori vositalarining narxini tartibga soli | Taftish.uz | Rasmiy kanal

#Deputatlik_soʻrovi

Dori vositalarining narxini tartibga solish yuzasidan masʼul tashkilotlarga deputatlik soʻrovi yuborildi

Bugungi kunda, dorixonalarda sotilayotgan ayrim dori vositalarining narxlari qimmatligi masalasi koʻplab fuqarolar, jumladan, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining haqli eʼtirozlariga sabab boʻlmoqda.

Ushbu masala joriy yilning sentyabr — noyabr oylarida “Adolat” SDP tomonidan joylarda jamoatchilik nazorati tartibida oʻrganildi. Oʻrganishlar davomida aksariyat dorixonalarda sotilayotgan tarkibi va xususiyati jihatdan bir xil boʻlgan xorijiy va mahalliy dori vositalarining narxlari oʻrtasida katta tafovut borligi hamda oʻzimizning ayrim mahalliy mahsulotlar chet davlatlarnikidan ancha qimmatligi aniqlandi.

Natijada partiyaning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi aʼzolari hamda partiya ekspertlari ishtirokida mazkur masala muhokama qilinib, masʼul idoralardan aholining dori bozoridagi narxlar tafovuti boʻyicha haqli noroziliklariga nisbatan munosabat bildirishi yuzasidan deputatlik soʻrovi yuborildi.

Oʻzbekiston “Adolat” SDP
Matbuot xizmati.


@taftish_uz