Get Mystery Box with random crypto!

Uzbekistan Airways 15 yil ichida ilk bor qish mavsumida ham To | Taftish.uz | Rasmiy kanal

Uzbekistan Airways 15 yil ichida ilk bor qish mavsumida ham Tokioga parvozlarni yoʻlga qoʻydi

“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi 2023-yil dekabridan 2024-yil martiga qadar “Toshkent–Tokio–Toshkent” yoʻnalishida boʻladigan toʻgʻridan toʻgʻri reyslarni davom ettirishga qaror qildi.

Shu vaqtga qadar ushbu yoʻnalishida toʻgʻridan toʻgʻri reyslar faqat aprel–oktyabr oylarida amalga oshirilar edi.

Mazkur aviaqatnovlar soʻnggi 15 yil ichida ilk marotaba qish mavsumida tashkillashtirilayotgan boʻlib, Yaponiyadan sayyohlar oqimini oshirish, mamlakatimiz orqali Markaziy Osiyo, MDH, Yevropa va Yaqin Sharq mamlakatlariga tranzit qatnovlarini kengaytirish, shuningdek, Yaponiyada vaqtincha faoliyat olib borayotgan vatandoshlarimizga qulayliklar yaratish maqsadida amalga oshirilmoqda.

@taftish_uz