Get Mystery Box with random crypto!

Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh! Hozirgacha Haz | TAFAKKUR

Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh!

Hozirgacha Hazratimizning «Baxtiyor oila» (to'liq emas), «Yolg'on», «Qarz», «Mo'minning qalqoni», «Mo'minning umr safari» kitoblari dasturimizga kiritilgan va bir qancha foydalanuvchilar dasturimizdan foydalanishmoqda.
«Bozor va unga bog'liq masalalar», «Hadis va hayot 25-juz», «Hadis va hayot 21-juz», «Mo'minning me'roji» kitoblari ham ko'ngillilarimizning qo'lida tayyorlanyapti. Tez kunda bu mo'jaz kitoblardan ham tayyorlangan savol-javoblar dasturimizga kiritiladi.

Agar sizlarning ham bu xayrli ishga qo'l urish niyatingiz bo'lsa, biz bilan bog'laning va yuqorida ko'rsatilganlardan boshqa kitoblarni olib, savol-javob tuzishni boshlang.

Yodingizda tuting, siz tuzgan savol-javob sababidan biror kishi ilm o'rgansa, unga nafi tegsa Siz uchun bundan kattaroq savob bo'lmaydi. Zero, hadisda, bir odamni yaxshilikka yo'llab qo'ysangiz, sizga ham u qilgan yaxshi amalidan savob kelib turadi, deyilgan.

Bog'lanish uchun user: @mmuhammadrizo22

https://t.me/hiloltest