Get Mystery Box with random crypto!

Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh! Ushbu kanalda | TAFAKKUR

Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh!

Ushbu kanalda fazilatli shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining kitoblari asosida Hilol Test dasturi uchun savol-javob testlari tuzib boriladi. Har kim o'ziga yoqqan, ma'qul kelgan kitobni olib, Microsoft Excel ofis dasturi yordamida savollar tuzib borishi mumkin. Yuqorida keltirilgan rasmda ko‘rinishda savol-javob tuziladi. Quyidagicha qilib tuzilishi kerak:
- Birinchi katakga: savol yoziladi
- Ikkinchi katakga: o'sha savolning to'g'ri javobi yoziladi
- Uchinchi va qolgan kataklarga: noto'g'ri javob yoziladi.
- Noto'g'ri javoblar eng kamida 1 ta, eng ko'pi esa 3 ta bo'lishi kerak. To'g'ri javob har doim javob variantlar kataklarining birinchisiga yozilishi kerak.

* Agar sizda kompyuter yo’q bo’lsa, havotirlanmang. Sizda ham bu xayrli ishga o’z hissangizni qo’shish imkoniyati bor. Bunda siz quyida havola keltirilgan "CSV Editor" android dasturidan foydalanishingiz mumkin.

https://play.google.com/store/apps/details?id=jp.blogspot.halnablue.csveditor