Get Mystery Box with random crypto!

Bitiruv kechamizda 4 - sinf bitiruvchilari uchun Daryolar soy | Tadbirlar uchun

Bitiruv kechamizda
4 - sinf bitiruvchilari uchun

Daryolar soyday bo’lsin,
Ohanglayr kuyday bo’lsin
Bitiruv kechamiz ham
Tantana,to’yday bo’lsin.

Bitiruv kechamizda
Do’stlar o’ynab-kuylaymiz
O’quvchining ilk kuning
Birdam eslab qo’yamiz.

O’sha kuni ilk bora
Maktabga qadam qo’ydik
Yuraklarda bir tuyg’u
His va hayajon tuydik

Qo’limizda guldasta
Kirib keldik maktabga
Mehr bilan ustozimiz
O’rgatdilar odobga.

O’sha kundan,ustozim
Onamizdek suyamiz.
Sizga o’xshab so’ylaymiz,
Sizday qadam qo’yamiz.

Bag’ringizga intilib,
Bo’ldik bolangiz misol.
Bilim,hikmat bog’ida
To’liqsiz ummon misol.

Qo’limizda tutdingiz,
Boshladingiz bir boqqa
“BILIMLAR MAMLAKATI”
Gurkiragan gul boqqa.

Shundan beri siz bilim
Bog’bonimizsiz ustoz
Ongimizning posboni
Ustozim,sizga ta’zim

Bizni kuzatib boring
Telegram | Instagram | You tube