Get Mystery Box with random crypto!

SO'NGI QO'NG'IROQ Qadrdonim, jonajon maktab, Dilni vayron | Tadbirlar uchun

SO'NGI QO'NG'IROQ

Qadrdonim, jonajon maktab,
Dilni vayron etgimiz kelmas,
Jonajonim, qadrdon maktab,
Seni tashlab ketgimiz kelmas,
Qo'llarimni mahkam tut o'rtoq,
Chalinmoqda so'ngi qo'ng'iroq.

Ruhsoringga to'yay sinfdosh,
Ketma aslo yuzingni burib,
Yanoqlarda miltiraydi yosh,
Yig'layapmiz jilmayib turib,
Qalbimizda shirin bir titroq,
Chalinmoqda so'ngi qo'ng'iroq.

Dunyo ekan shunday bevafo,
Ketayapmiz ayrilib jim,jim,
Ayro yo'llar,taqdirlar ayro,
Hayr endi go'zal sevgilim,
Bag'ritoshim ko'zlarimga boq,
Chalinmoqda so'ngi qo'ng'iroq.

Umr yelar to'xtamay bir zum,
Dilga solib alam,g'amlarni,
Sog'inamiz seni maktabim,
Sog'inamiz quvnoq damlarni,
Qullarimni qo'yvorma o'rtoq,
Chalinmoqda so'ngi qo'ng'iroq.

https://t.me/tadbirlaruchun