Get Mystery Box with random crypto!

#Deputat_va_yoshlar O`zLiDeP Yangiyer shahar Kengashi tomonid | O'zLiDeP Tadbirkor va Yoshlari

#Deputat_va_yoshlar

O`zLiDeP Yangiyer shahar Kengashi tomonidan T.Malik MFY hududida joylashgan tibbiyot kolleji binosida Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashidagi O`zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi, tadbirkor Nilufar Djulibayeva bilan yoshlar o‘rtasida ochiq muloqat o‘tkazildi.

Tadbirda deputat hozirgi kunda davlatimiz tomonidan yoshlarga tadbirkorligini boshlashlari uchun keng imkoniyatlar berilgani va tadbirkorlikni qilish uchun nimalarga e’tibor berish kerakligi to‘g‘risida, o‘z tadbirkorlik faoliyati haqida erishgan yutuqlari va tadbirkorlik faoliyatini qanday yo‘lga qo‘yganligini so‘zlab berdi.

Ochiq muloqat davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblarni olishdi.


O‘zLiDePga qo‘shiling: @Tadbirkor_va_YOSHLAR