Get Mystery Box with random crypto!

#Yoshlar_qanoti_sarhisob O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi | O'zLiDeP Tadbirkor va Yoshlari

#Yoshlar_qanoti_sarhisob

O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi tomonidan “Yoshlar qanoti” a’zolari tashabbusi bilan “Yangi yil shukuhi” mavzusida tadbir tashkil etildi.

Bayram tadbirida kirib kelayotgan yangi 2023 yilni ko‘tarinki ruhda kutib olish hamda o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazish maqsadida “Yoshlar qanoti” a’zolari 3 ta jamoaga bo‘linib zakovat o‘yini va qiziqarli savol javoblar tashkil etib, o‘zlarining bilimlarini sinovdan o‘tkazish bilan bir qatorda yil sarhisobi bo‘yicha erishgan yutuqlari bilan ham o‘rtoqlashdilar.

Qiziqarli suhbat tariqasida o‘tkazilgan tadbirda yil davomida partiyaning yuksalishiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan “Yoshlar qanoti”ning faol a’zolariga partiyaning tashakkurnomalari va esdalik sovg‘alari topshirildi.

O‘zLiDePga qo‘shiling: @Tadbirkor_va_YOSHLAR