Get Mystery Box with random crypto!

#yoshlar_muammolarini_o‘rganilmoqda Toyloq tumanidagi O‘ray E | O'zLiDeP Tadbirkor va Yoshlari

#yoshlar_muammolarini_o‘rganilmoqda

Toyloq tumanidagi O‘ray Elipok mahallasida yoshlar muammolarini o‘rganish bo‘yicha sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.

Partiyamiz Toyloq tuman Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari-apparat rahbari A.Mirzoyev, partiya yoshlar qanoati raisi, mahallaning yoshlar yetakchisi hamda uyushmagan yoshlari ishtirok etishdi.

Qabul jarayonida uyushmagan yoshlar bilan ochiq va samimiy muloqot qilindi. Ularning muammolari tinglanib, hal etish choralari ko’rildi va yoshlarning taklif va tashabbuslari qo‘llab-quvvatlandi.

Tadbir davomida yoshlardan, ish bilan ta’minlash, mini stadion qurish kabi masalalarga oid murojaatlar kelib tushdi.

Murojaatlarning barchasi tegishli tartibda ro‘yxatga olinib, nazoratga olindi.

O‘zLiDePga qo‘shiling: @Tadbirkor_va_YOSHLAR