Get Mystery Box with random crypto!

Savol: Assalomu alaykum ustoz. Informatika fanini oxirgi soatg | T. K. Nurmetov || Shaxsiy blog

Savol: Assalomu alaykum ustoz. Informatika fanini oxirgi soatga qo'yib 1-guruhga bir kun, 2 - guruhga ikkinchi kun o'tsa bir o'qituvchi haq to'lanadimi.iltimos anilik kiririb bersangiz. Audiochatda haq tolanmaydi deyilgan

Javob: YO'Q
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 15.03.2017 yildagi 140-sonli qarori bilan tasdiqlangan "Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi NIZOM"ning 29-bandida Malakali o‘qituvchilar yetarli bo‘lgan hollarda ‘quvchilar soni 25 nafar va undan ziyod bo‘lgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining V — XI sinflarda “Informatika va axborot texnologiyalari fanida sinfdagi o‘quvchilarni ikki guruhga bo‘lib o‘qitishga ruxsat etilagan. Bundan ko'rinadiki bolib o'lib o'qitishga faqat yetarli mutaxassislar mavjud bo'lganda va o'qivchilar soni 25 nafardan oshganda yo'l qo'yiladi mazkur ikkita shartning bittasi bajarilsa ham bo'lib o'qitishga yo'l qo'yilmaydi.

Eslatma: Bo‘lib o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha guruhlardan birining o‘qituvchisi turli sabablarga ko‘ra darsda bo‘lmagan holatlarda guruhlar qo‘shib o‘qitiladi hamda qo‘shib o‘qitganligi uchun qo‘shimcha haq to‘lovlari amalga oshirilmaydi.

@T_Nurmetov