Get Mystery Box with random crypto!

Savol: Men maktabda 1 stavka O‘IBDO‘ bo'lib ishlayman. Men shu | T. K. Nurmetov || Shaxsiy blog

Savol: Men maktabda 1 stavka O‘IBDO‘ bo'lib ishlayman. Men shu ishim bilan bir vaqtda mutaxassisligim bo'yicha dars o'qitishim mumkinmi va bu qanday bo'ladi, menga berilgan dars soatlari vakant dars soati sifatida qaraladimi?

Javob: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 21.12.2005 yildagi 275-sonli qarori bilan tasdiqlangan "Xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to‘lash to‘g‘risidagi NIZOM"ning 14-bandida sizga asosiy lavozimning bir haftada 10 soatgacha hajmda o‘qituvchi lavozimi bilan qo‘shib olib borilishiga ruxsat etilgan. Bundan ko'rinadiki siz bemalol o'qituvchilik lavozimini qo'shib olib borishingiz mumkin va bu vakant dars soati sifatida qaralmaydi.
Oylik maoshi to'lash agardan siz o‘rnini bosish tartibida dars soatlari bila ta'minlangan bo'lsangiz mazkur nizomning 12-bandi 3-xatboshiga asosan siz tamoningizdan o‘tilgan o‘quv soatlari uchun mehnatiga soatboy haq to'lash tartibida amalga oshiriladi, xolos.

@T_Nurmetov