Get Mystery Box with random crypto!

Mavzu: ,,Ch' harfi 10. Ilmiy faktlarga ko‘ra bu hayvonlar tax | Svoya igra baza

Mavzu: ,,Ch" harfi

10. Ilmiy faktlarga ko‘ra bu hayvonlar taxminan 15  kun umr ko‘rar ekan?

Javob: Chigirtka

20. Abu Bakr, Usmon, Umar, Ali bu 4ta halifalarni bitta forscha so‘z bilan ayting?

Javob: Choryorlar

30.  Bu joy  1868-yil 1-may kuni general K. P. Kaufman Buxoro amiri Muzaffar qo‘shinini tor-mor etganligi bilan mashhurdir, natijada, Samarqand Rossiya imperiyasiga qo‘shilgan. 

Javob: Cho‘ponota

40. Diniy tasavvurlarga koʻra, gʻayritabiiy kuchga ega boʻlgan afsonaviy 40 ta ruh. Rivoyatlarda ular odamlar koʻziga koʻrinmaydi, baʼzan ular orasida odam qiyofasida yashaydi deb talqin etiladi. Ular nima?

Javob: Chilton

50. O'yinchoq itning meksikalik zoti. U Meksikaning shu nomli shtati uchun nomlangan va barcha it zotlarining eng kichigi hisoblanadi. Odatda u hamroh hayvon sifatida yoki ko'rsatish uchun saqlanadi.

Javob: Chixuaxua