Get Mystery Box with random crypto!

Mavzu: ,,Sh' harfi 10. Ushbu kartina Shveytsariyalik rassom L | Svoya igra baza

Mavzu: ,,Sh" harfi

10. Ushbu kartina Shveytsariyalik rassom Liotardan yangi turmush qurganlar uchun toʻy sovgʻasi hisoblangan?

Javob: Shokoladli qiz

20. BU yegulik o’tmishda asosan Qashqadaryo va Xorazm hududlarida iste’mol qilingan. Ov paytidagi o’ljani qilichga qo’ndirilib so’ngra aylantirishgan, chevirib pishirilganligi sababli chevirma degan nom olgan. Hozirda esa yurtimizda TEZ tarqalayotgan BU taom arablarning milliy taomi sifatida mashhur.  

Javob: Shaurma

30. Ushbu kasallik gipofiz bezi hujayralarining o'limidan kelib chiqadi, bu esa neyroendokrin kasalliklariga olib keladi. Ushbu patologiya ba'zida ayollarda mehnat tufayli aniqlanadi?

Javob: Shihan sindromi

40. Eman 2017-yilda qurib qolgan va daraxt joylashgan hududning egasi uni arralab tashlashga qaror qilgan. Ushbu emandan esa yog‘och suvinerlar  yasatilgan.
Film personajlarining portreti va ularning iqtiboslari tushirilgan yog‘och suvenirlar bosh roldagi aktyorlar Tim Robbins va Morgan Frimenga, shuningdek, film rejissori Frenk Darabont va boshqalarga topshiriladi.
Qaysi film haqida gap ketmoqda?

Javob: Shoushenkdan qochish

50. 1994-yili o‘tkazilgan ushbu  turnirda Barbados va Grenada terma jamoalari uchrashishadi. Keyingi bosqichga chiqish uchun Barbados ikki to'p farqi bilan g'alaba qozonishi kerak edi. O'yin tugashiga 3 daqiqa qolganida hisob 2:1 edi va shu payt barbadosliklar o'z darvozasiga to'p kiritadi. Hisob 2:2 bo'ladi. Turnir nomini ayting?

Javob: Shell Carribean Cup"