Get Mystery Box with random crypto!

Dasturlashni hamma ham o'rgana oladimi? Dasturlashni hamma ha | Suxrob Yoqubov

Dasturlashni hamma ham o'rgana oladimi?

Dasturlashni hamma ham o'rgana olmaydi degan gap bor agar bilsangiz. Lekin bu gapga men yuz foiz qo'shila olmayman. Sababini esa keltirib o'taman.

Hech kim dasturchi bo'lib tug'ilmagan

Mana shuni unutmang. Usha xozirda "Senior" bo'lib, dasturlashni "ekib" qo'yadigan guru dasturchilar ham qachonlardir hech narsani bilishmagan. Qachonlardir ish topolmay yurishgan. Xo'sh ular qanday bu darajagacha chiqishdi? Mantiqiy javob bu shunchaki o'z ustilarida tinmay ishlaganlari va bilimlarini har doim boyitib borganlari uchun. Boshqa hech qanaqa yo'li yo'q. Aytib o'tilganidek hech kim onasini qornidan biror kasbni egasi bo'lib tug'ilmaydi.

Maktabda yaxshi o'qimaganman

Ko'pchilik maktabda yaxshi o'qimagan bo'lsa, ayniqsa aniq fanlarni, dasturchilikka yaqinlashib ham o'tirmasin degan fikrda yurishadi. Bu noto'g'ri. Bu narsa maktabda qanday o'qiganingizga bog'liq emas. Sababi maktabda yaxshi o'qiganlar ham dasturlashni tushuna olmasliklari mumkin. Bu ko'proq mantiqiy fikrlash qobilyatingizga bog'liq.

O'rganish uchun kursga qatnashga pulim yo'q

Do'stim, biz hozir 21-asrda yashayotganimizni unutmang. Aynan hozirgi kunga kelib dasturlashni o'rganishga shuqadar ko'p imkoniyat borki, boshqa hech bir davrda bunaqa imkoniyat taqdim etilmagan. Internet atalmish butunjahon tarmog'ida siz dasturlashni bemalol tekinga o'rganishimiz mumkin. Birgina YouTube ni o'zida millionlab darsliklar mavjud. Sizdan talab etiladigan yagona narsa vaqt va VIP internet holos. Qolgani o'zinga bog'liq.

O'rgangan narsalarim tez esdan chiqyapti

Boshida shunaqa bo'lib turadi. Ko'pchilik shu joyida bu men uchun emas ekan deb tashlab ketishadi. Endi bir o'ylab ko'r, chaqaloqligingda yurishni o'rgana boshlagan payting yura olmay yiqilib tushaverganingda "bu men uchun emas ekan" deb yurishdan vos kechib ketmagansizku to'g'rimi? Agar hayotda hamma narsa bittadan o'xshayverganida hayot umuman boshqacha bo'lgan bo'lardi. Qiyinchilikka duch kelib qolsang taslim bo'lib ketish kerak degani emas.

Yoshim dasturchi bo'lishga endi kattalik qiladi

Dasturchilikni 30-40 yoshlaridan boshlab o'rganib, yaxshi dasturchiga aylanib, ish topib ketgan dasturchilar ham talaygina. Shunchaki YouTube tarmog'ida ham bunday dasturchilardan ko'plab intervyular olingan. Muhimi xohish bo'lsa bo'ldi.

Qiyinchilik nafaqat dasturchilik sohasida, balki istalgan sohada bo'ladi. O'zingizni sohangizda yetuk mutahasisga aylanmoqchi bo'lsangiz aslo mehnat qilishdan to'htamang. Yangi bilimlarni egallashdan to'htamang. Va eng asosiysi birdaniga taslim bo'lmang. Maqsad sari olg'a intiling.

@suxrob_yoqubov