Get Mystery Box with random crypto!

#Mahalla_huquqshunosi AHOLI MUAMMOLARI O'RGANILDI   Bugun v | Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi (Rasmiy sahifa)

#Mahalla_huquqshunosi

AHOLI MUAMMOLARI O'RGANILDI

  Bugun viloyat Adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari M.Hatamov ishtirokida Uzun tumanida sayyor qabul tashkil etildi.

Tumanning "Ittifoq" va "Yangi ro'zg'or" mahallalarida yashovchi 25 nafarga yaqin fuqarolar ishtirok etgan sayyor qabul davomida 10 kishining turli huquqiy masalalarga oid murojaatlariga joyida huquqiy tushuntirish berilgan bo‘lsa, o‘rganish muddat talab etadigan 4 nafar fuqaroning murojaatlari ish yurituvga olindi.

Shuningdek, ishtirokchilarga qonunchiligimiz bilan ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi uchun belgilangan imtiyozlar, xorijda mehnat qilish istagida yurgan fuqarolar uchun qonuniy mehnat migratsiyasi va boshqa yangi qabul qilingan qonun hujjatlari mazmun-mohiyati tushuntirildi.

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi