Get Mystery Box with random crypto!

#Bilasizmi Ish staji yetarli boʼlmasa ham pensiya tayinlana | Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi (Rasmiy sahifa)

#Bilasizmi

Ish staji yetarli boʼlmasa ham pensiya tayinlanadimi?

Oʼzbekiston Respublikasining «Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʼgʼrisida»gi Qonunining 7-moddasiga koʼra, yoshga doir pensiya olish huquqiga:

erkaklar — 60 yoshga toʼlganda va ish stajlari kamida 25 yil boʼlgan taqdirda;

ayollar — 55 yoshga toʼlganda va ish stajlari kamida 20 yil boʼlgan taqdirda ega boʼladilar.

Аgar pensiya tayinlash uchun yetarlicha ish stajiga ega boʼlmagan shaxslarga yoshga doir pensiyalar ushbu Qonun 37-moddasi birinchi qismining «a», «b», «v» va «g» bandlarida nazarda tutilgan kamida 7 yil ish staji mavjud boʼlgan taqdirda, bor stajga mutanosib miqdorda (29-modda) tayinlanadi.

Kanalga ulanish
https://t.me/davxizmat