Get Mystery Box with random crypto!

Adliya vazirligi yuridik texnikumlari va Toshkent davlat yurid | Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi (Rasmiy sahifa)

Adliya vazirligi yuridik texnikumlari va Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi M.S.Vosiqova nomidagi akademik litseyi oʻqituvchilari oʻrtasida “Yilning eng yaxshi oʻqituvchisi” nominatsiyasi boʻyicha tanlovi bo‘lib o‘tadi.

Tanlovni o‘tkazishdan asosiy maqsad:

● Mazkur taʼlim muassasalarning oʻqituvchilari oʻrtasida sogʻlom raqobat muhitini yaratish;
● fan boʻyicha qiziqarli va interfaol metodlarni keng jalb etish;
● oʻzaro tajriba almashish va ijobiy ish tajribasini ommalashtirish;
● oʻqituvchilar oʻrtasida shaxsiy imidjni yaratish;
● oʻquvchilarni fanlarni oʻqishga va oʻrganishga motivatsiya berishda oʻqituvchilar masʼuliyatini yanada oshirish;
● malakali oʻqituvchilar zaxirasini yaratish maqsadida o‘tkaziladi.

Tanlov dastlabki (ta’lim muassasalari) va yakuniy (respublika) bosqichlarda tashkil etilib oʻtkaziladi.

Tanlov gʻoliblari Adliya vazirligi tomonidan maxsus diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

@Adliya_yuridik_texnikum