Get Mystery Box with random crypto!

2023 yil 1-yanvardan boshlab sinov tariqasida Adliya vazirligi | Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi (Rasmiy sahifa)

2023 yil 1-yanvardan boshlab sinov tariqasida Adliya vazirligi tizimida ichki idoraviy hujjatlar “E-qaror” orqali qabul qilinadigan bo‘ldi.

Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlari doirasida respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali tashkil etishga doir Prezident qaroriga asosan 2023 yil 1-yanvardan boshlab sinov tariqasida Adliya vazirligi tizimida idoraviy buyruq, qaror va farmoyishlarni “E-qaror” elektron tizimi orqali qabul qilish va e’lon qilish amaliyoti yo‘lga qo‘yish belgilandi.

Endilikda, 2023 yil 1-yanvardan boshlab vazirlik va uning tizimiga kiruvchi idoralar tomonidan qabul qilinadigan umumiy masalalarga oid buyruq va qarorlar (ayrim istisnolarni inobatga olgan holda) “E-qaror” elektron tizimi orqali e’lon qilinmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram I Facebook I Youtube I Web-site