Get Mystery Box with random crypto!

#Bilasizmi Barcha xavfli tabiat hodisalari vaqtida aholini h | Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi (Rasmiy sahifa)

#Bilasizmi

Barcha xavfli tabiat hodisalari vaqtida aholini himoya qilish uchun mas'ul organlar belgilangan

Hududlarda aholini qor ko'chishidan himoya qilish va xavfni kamaytirish bo'yicha hududiy komissiyalar tuziladi.

Davlat organlari o'z vakolatlari doirasida xavfni bartaraf qilish uchun zarur choralarni ko'radi. Xususan:

O'zgidromet:
Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan birgalikda qor ko'chkisi, ko'chki xavfi bor hududlardagi aholi punktlar, obyektlar, aholisi vaqtincha ko'chiriladigan yoki xavfli hududlardan doimiy ko'chirilishi lozim bo'lgan xo'jaliklar bo'yicha ma'lumot tayyorlaydi.

Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
qor ko'chkisi va ko'chki xavfi mavjud hududlarda aholini xavfsiz joylarga vaqtincha va zaruratga ko'ra bosqichma-bosqich doimiy ko'chiradi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi:
qor ko'chkisi xavfi bor vaqtda qidiruv-qutqaruv tuzilmalar va tezkor guruhlarning kuchaytirilgan ish rejimini ta'minlaydi.

Ichki ishlar vazirligi:
A-373 yo'lining Qamchiq dovoni hududida, Taxtaqoracha, Langar va boshqa muhim transport kommunikasiyalarida aholi va transportlarning xavfsiz harakatini ta'minlaydi.

Avtomobil yo'llari qo'mitasi:
A-373 yo'lining Qamchiq dovoni hududida va boshqa muhim transport kommunikasiyalarida aholi va transportlarning xavfsizligini ta'minlash uchun muhandislik-himoya tadbirlarini amalga oshiradi.

“O'zbekiston temir yo'llari” AJ:
xavfli jarayonlar oqibatida “Qamchiq” dovonida avtotransport harakati cheklanganda, yo'lda qolgan fuqarolarni “Angren – Pop” yo'nalishi orqali manziliga yetkazadi.

Kanalga ulanish
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin