Get Mystery Box with random crypto!

Surish kerak

Telegram kanalining logotibi surish_kerak1 — Surish kerak S
Telegram kanalining logotibi surish_kerak1 — Surish kerak
Kanal manzili: @surish_kerak1
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 721

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2021-10-10 19:55:03 Chexiya amaldagi hukumati saylovda yutqazdi, Gruziya hukumat raxbari Ivanishvili deyarli yutqazayapti, Avstriya hukumat raxbari Sebastian Kurtz iste’foga chiqdi.

Bularning barchasi Putin davri tugab borayotganiga ishoradek zero yuqoridagilarning barchasi g'arbdagi kam sonli va so'ngi Putinga yon bosuvchi hukumat va uning raxbarlari edi. Ta’sir kuchi kamayayotgan, atrofida ittifoqdoshlari kamayayotgan qudratli davlat avtokratidan qo’rqinchliroq va oldindan qanday axmoqlik qilishini aytib bo'lmaydigan rejim bo'lmasa kerak.

@surish_kerak1
2.5K viewsedited  16:55
Ochish/sharhlash
2021-10-07 09:01:35 ​​Breksit muammolari.

Britaniyada yoqilg‘i shaxobchalarida misli ko‘rilmagan uzun navbatlar yuzaga kelgan. Umuman ko'plab sohalar yuk yetkazish bilan bog'liq muammolarni deb ko'plab yangi muammolar tug'ilyabdi.

Asosiy Sabab bu Breksit yani Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqishi. Britaniya hukumati Breksit jarayoni va ayniqsa koronakrizis bilan bog‘liq cheklovlardan keyin Yevropa ittifoqidan kelib ishlaydigan haydovchilarga viza berishni qiyinlashtirib yuborgan. Turli hisob-kitoblarga ko‘ra hozir Qirollikda 100 mingga yaqin yuk mashinasi haydovchisi yetishmayapti. Yevropalik yuk mashina haydovchilariga bu yerga kelishdan ko‘ra Yevropa Ittifoqi ichida haydash ancha oson va foydaliroq.

Albatta Yevroittifoqdan chiqish bu Britaniyaning yaqin tarixi ichidagi eng katta xatolaridan biri bo'ldi. 2014-yilda hukumatga kelgan konservativ oppozitsiya va ayrim alohida millatchilar 2016-yilda referendum o'tkazishizga erishishdi. Referendumda 51 foiz axoli ittifoqdan chiqishga ovoz bergan va 2021-yil yanvarda ittifoqdan to'liq chiqishga erishildi va bu hozirdanorq ko'plab muammolarga sabab bo'lmoqda. Chunki breksitga ovoz berganlar ko‘pchiligi aniq iqtisodiy va siyosiy oqibatlari haqida obyektiv xulosaga ega bo‘lishmagan va emotsiyalar va media propaganda ta’sirida ovoz berishgan. Ovoz berganlar ichida sartarosh, santexnik, mashina ustasi va hokazolar bo‘lib, ular o‘z ishini ustasi bo‘lsada, iqtisod yoki siyosiy masalalar bo‘yicha mutaxassis emas edilar. Ba’zi masalalar borki, omma fikridan ko‘ra mutaxassislar xulosasidan foydalangan ma’qulroq. Bu elitarizm emas. Balki obyektiv va uzoq istiqbol uchun to‘g‘ri qaror qabul qilishning yagona va eng samarali yo‘li.

@surish_kerak1
3.2K views06:01
Ochish/sharhlash
2021-10-06 17:18:26 ​​Quyidagi surat qashqadaryo maktablaridan birida olingan.


O'qituvchi : Kim yangi O'zbekistonda baxtli bo'lsa qo'lini ko'tarsin.

O'quvchilar :

@surish_kerak1
4.4K views14:18
Ochish/sharhlash
2021-09-28 07:04:03 O‘z qobig‘iga o‘ralib qolgan davlatlar demokratiya yo‘lida jiddiy o‘zgarishlar qilishni istasalar, ishni parlamentni yangilashdan boshlaydilar. Sababi, haqiqiy saylangan xalqqa hisobdor parlament - xalq istaklarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ifoda etadi va bu qonunlarda aks etadi. Parlamentdan, demokratiyadan maqsad ham shu.

Latviya, Litva va Estoniya 1990 yilda parlamentlarini yangilab olganlari uchun hammadan oldin SSSRdan chiqib ketgan. 2004 yilda Gruziyada islohotchi Saakashvili prezident bo‘lgach, saylanganiga endi ikki oy bo‘lgan parlamentni tarqatib yuborib, muddatidan oldingi saylovlar e’lon qilgan.

2018 yilda Armaniston bosh vaziriga aylangan islohotchi Nikol Pashinyan parlamentni tarqatib yuborish uchun o‘zi iste’foga chiqqandi. 2019 yilda Ukrainaning yangi prezidenti Vladimir Zelinskiy inauguratsiya paytidayoq parlamentni tarqatib yubordi, vaholanki shundoq ham 4 oy ichida parlament saylovi o‘tkazilar edi.

Qizig‘i, bunday saylovlarning barchasida eski kuchlar kamida parlamentdagi ko‘pchilik o‘rnini yo‘qotgan, aksariyat hollarda esa umuman kira olmagan. Har safar haqiqiy o‘zgarishlarni targ‘ib qilgan yangi harakatlar saylovda ishtirok etgan va g‘alaba qozongan.

2016-17 yilda o‘zgarishlar shashtini ko‘rib, parlamentni tarqatib yuborish va istalgan siyosiy harakatni ro‘yxatdan o‘tkazib saylovga qo‘yish eng birinchi ishlardan bo‘lishiga umid paydo bo‘lgandi. Ammo vaqt o‘tishi bilan bu umid so‘na boshladi, va O'zbekiston xuddi eski davrga qaytayotgandek xarakatlanyabdi .

Jiddiy siyosiy o‘zgarishlarni yangi kuchlarsiz amalga oshirib bo‘lmaydi (aniqrog‘i haqiqiy kuchlarsiz). Ammo, eski kuchlarda ham yana besh yilni kutmasdan bunga hissa qo‘shish imkoniyati mavjud - yangi kuchlar ishtiroki uchun yo‘lni ochib berish orqali albatta.

@surish_kerak1
3.5K views04:04
Ochish/sharhlash
2021-09-26 15:51:53 ​​Quyidagi videoda Atameken Business News xabariga ko‘ra, Qozog‘istonning Taraz shahri aholisi O‘zbekistonda birinchi atom elektr stansiyasi qurilishi boshlangani sabab o‘z xavotirini bildirmoqda.

Taraz aholisi fikricha, O‘zbekiston bunday keng ko‘lamli va xavfli loyihani qo‘shni davlatlar bilan hamkorlikda qurishi kerak.

"Chernobil falokati esingizdami? Qancha odam nogiron bo‘lib qolgandi. Mening tanishlarim orasida o‘sha falokat jabrlanuvchilari bor. Bu kimga ham kerak? Men bu loyihaga qarshiman. Bolalarim, nevaralarim bor. Bu bizga zarardan boshqa narsa bermaydi", – deydi tarazliklardan biri.

Qozog‘istonlik ekologlar ham loyihaga qarshi chiqmoqda. Chunki agar qandaydir muammo yoki falokat bo'ladigan bo'lsa faqat O'zbekiston emas butun mintaqa zarar ko'radi qolaversa Sardoba toshqini Qozog'iston qishloqlariga xam zarar yetkazishi tufayli qo'shnilarimizda bizga nisbatan ishonch so'ngan bo'lishi tabiiy albatta. Chernobil atom elektr stansiyasiga qisman zarar yetishi va va radiatsiyaning atiga 1000dan biri sizib chiqishi ortidan nafaqat ukraina balki butun yevropaga xam sezilarli tasir o'tkazgan, agar o'z vaqtida oldi olinmaganda butun yevropa kattagina muammoga duch kelar edi. Bizda esa nomigagina mavjud ekopartiya AES qurulishini oqlab chiqsa xam xayron bo'lmagan bo'lar edim.

@surish_kerak1
3.0K views12:51
Ochish/sharhlash
2021-09-25 10:17:53 ​​Hurmatli nomzod, prezidentlik saylovida g‘alaba qozonish imkoniyatlaringiz qanday?

Nomzod:

@surish_kerak1
2.5K views07:17
Ochish/sharhlash
2021-09-25 06:57:32 Gruziya mo'jizasi : ingliz tili va korruptsiya

Jurnalist: Gruziya hukumatida eng “keksa” amaldorning yoshi 40 yosh ekanligi rostmi?

Saakashvili: Ha, hukumatda shunday yosh kadrlar borki, ular hatto Sovet ittifoqini bilmaydi, Leninni bilmaydi. Ko‘pchiligi G‘arb ta’limini olgan yoshlar. Sababi shu.

Biz Gruziyaga minglab amerikalik, angliyalik, avstraliyalik va yangi zellandiyalik o‘qituvchilarni olib keldik. Hatto qishloqlardagi xar bir maktablarga ham.

Shunday davr keladiki, tahminan 10 yildan keyin, Gruziyada 40-50 yoshgacha bo‘lgan vatandoshlarning bari ingliz tilini mukammal biladigan bo‘ladi.


Nega ingliz tili? Chunki har bir gruziyalik dunyoda nima bo‘layotganini bilishi, zamonaviy bilimlarni egallashi kerak.

Biz bizning tilni boshqalar o‘rgansin deya olmaymiz, chunki gegemon millat emasmiz . Agar dunyoga chiqmoqchi bo‘lsak, ingliz tilini bilishimiz kerak.

Hozirda TVdagi barcha filmlarni original – ingliz tilida (gruzincha subtitr bilan) beradigan bo‘ldik, toki odamlarning qulog‘i ingliz tiliga o‘rgansin uchun.

Ingliz tili maktablarda majburiy fan qatoriga kiritildi. Ingliz tili va kompyuterni biladigan barcha o‘qituvchilarning oyligini ikki barobarga oshirdik. Oylik 500-600 dollargacha oshdi.

J.: – Va bu kambag‘al va qoloq Gruziya?

S.: – Ha. Hozirgi kunda eng asosiysi – bu ta’lim. Eng avvalo hukumatning o‘zi o‘qimishli, bilimli bo‘lishi kerak.

J.: - Ma’lumki, siz ko‘plab idora-tashkilotlarni tag-tugi bilan tugatdingiz, masalan, “sanepidem” stansiya, o‘t o‘chirish stansiyasi. Nega?

S.: – O‘zingiz o‘ylang, agar “sanepidem” stansiya mavjud bo‘lsa, oshxonalarda suvaraklar o‘z-o‘zidan kamayib qoladimi?

Masalan, “SES” tekshirib keldi, kamchiliklarni aniqladi, lekin o‘sha kamchiliklar bartaraf qilinishi, oshxona tozalanishi o‘rniga nima qilinadi? Suvaraklarni yo‘qotishga ketadigan pul boshqa suvaraklarga sarflanadi. “SES” – bu poraxo‘rlikning o‘zi.

Agar o‘t o‘chirish stansiyasi mavjud bo‘lib tursa, bunday holatda yong‘inlar o‘z-o‘zidan kamayib qoladimi?

Yoki “Goststandart”ni olaylik. Bu shunday tashkilotki, hech nima bilan shug‘ullanmaydi. Gruziyada ishlab chiqariladigan maxsulotlarni qandaydir narsalarga mos kelish-kelmasligini tekshiradi. U yerda nimani tekshirish mumkin? Ular qandaydir qog‘ozlarga imzo chekish bilan shug‘ullanadi. Shu xolos, boshqa hech narsa emas. Ahmoqgarchilikning o‘zginasi.

Bilasizmi, bularning bari ataydan o‘ylab topilgan narsa. Maqsad – rivojlanish bo‘lmasin, poraxo‘rlik ildiz otsin.

Yaxshi bo‘lardi, agar biz supermillat bo‘lsak va bizda hammasi mukammal, tartibli ishlasa: “sanepidem” stansiya haqiqatdan ham tozalik haqida qayg‘ursa, o‘t o‘chiruvchilar chindan ham yong‘in havfsizligiga amal qilinishi ustidan qattiq nazorat olib borsa...

J.: – Bularning barini siz ongli ravishda, qasddan yo‘q qildingiz, shundaymi?

S.: – Korrupsiyaga qarshi kurash – agar tizimning o‘zini yo‘q qilmasa – foydasi yo‘q. Bu –keng maydonda shamolni ortidan quvish bilan bir xil. Agar kasal tizim mavjud bo‘lsa, har yili poraxo‘r amaldorlarni ishdan bo‘shatish bilan hech nimaga erishib bo‘lmaydi.

J: - Shu rostmi, Gruziyada “texosmotr” bekor qilingan va kim yangi avtomobil xarid qilsa, uni rasmiylashtirish uchun bor-yo‘g‘i 20 daqiqa ketar ekan?

S: – Ha.

J : –Gruziyada bir necha soat ichida GAI butunlay tugatilgani rostmi?

S.: – Shunday. GAIni yo‘q qildik, politsiyachilarning 80% ini ishdan oldik. O‘shanda endi hamma yoqda tartibsizlik, mushtlashuvlar, qoidabuzarliklar avjiga chiqadi, deb o‘ylagandik. Yo‘q, bunday bo‘lmadi. Haqiqatda, ilgari politsiya muammoni hal qiladigan tuzilma emas, aynan muammoning bir qismi bo‘lgan ekan. Shuning uchun biz barini ishdan oldik, hozirda politsiyaning 90% ini yangi kadrlar tashkil qiladi.

Politsiyachining oyligi hozirda kamida 400 dollargacha boradi. Bundan tashqari, ular eng zo‘r mashinalarda, yangi kiyimlarda yuradi, hayratda qoldiradigan zo‘r binolarda ishlaydilar. Qanday binoda ishlashing katta ahamiyatga ega.

Ukrainalik jurnalist D.Gordon Gruziya sobiq davlat rahbari Saakashvilli bilan suhbatidan parcha.

@surish_kerak1
2.4K views03:57
Ochish/sharhlash
2021-09-23 09:23:37 ​​Tashviqotni saylovchilarga bepul yoki imtiyozli shartlarda tovarlar berish, xizmatlar ko‘rsatish (axborot xizmatlaridan tashqari), shuningdek pul mablag‘lari to‘lash bilan qo‘shib olib borish taqiqlanadi.

Saylov kodeksi 44- modda.

E'tiborli jihati shundaki bularning barchasi prezident saylov tashviqoti uchun tashrif buyurgan paytda bo'lganligida. Agar O'zbekistonda konsitutsion sud yoki parlament ishlaganda eng kamida hozirda prezidentga impichment(lavozimdan chetlatish, cheklash) haqida muhokamaga qo'yilgan bo'lar edi albatta.

@surish_kerak1
2.5K views06:23
Ochish/sharhlash
2021-09-20 11:23:22 Barchamizga ma'lumki Xitoy hukumati uyg'urlarga nisbatan tinimsiz bosim o'tkazib keladi va xattoki bu bosimlar massoviy ravishda genotsidgacha borgan . Ushbu maqolada Xitoyning uyg'ur ozchiligiga bosimlari va bu muammoning paydo bo'lishi haqida fikr yuritishga harakat qilaman.

https://telegra.ph/Uygur-genotsidi-Xitoy-va-uygurlarning-azaliy-kurashi-09-20
2.7K viewsedited  08:23
Ochish/sharhlash