Get Mystery Box with random crypto!

Farkhod Saydullaevdan maslahatlar Eng avvalo oʻz ustingizda i | Sultanbek DSGN | UZ

Farkhod Saydullaevdan maslahatlar

Eng avvalo oʻz ustingizda ishlashdan toʻxtamaslik! Qilmoqchi boʻlgan ishingizni qismlarga boʻlib chiqing(soatlab boʻlib chiqish kerak boʻlsada). Organizmga, sogʻliqga eʼtibor qarating. Ertalab yugurishga odatlaning. Eng muhimi toʻxtamaslik!

Agar biror joyda ishlab yurgan boʻlsangiz yoki endi boshlamoqchi boʻlgan boʻlsangiz ishingizni oxirini koʻrsating, toʻgʻri prezentatsiya qiling. Eʼtiboringizni muammolar yechimini topishga qarating.

Oʻzingizga shaxsiy blog oching va har xil mavzuda maqolalar yozib yuring. Pomodoro usuli bilan ishlashga odatlaning. Whiteboard challenge'ni oʻrganing. Har xil kurslarda oʻqing. ADPList'dan har doim foydalaning.

Biror joyda ishlashdan oldin yaxshi portfolio qiling. Oʻzingizni tanqid qilishga odatlaning. Toʻxtamang!

——

* Farkhod Saydullaev @farkhod_com
Lead Product Designer at Moneff

@sultanbekdsgnuz