Get Mystery Box with random crypto!

Yoʻnalishing nima uka? Siyqasi chiqgan mavzulardan biri UX/UI | Sultanbek DSGN | UZ

Yoʻnalishing nima uka?

Siyqasi chiqgan mavzulardan biri UX/UI dizayn haqida gaplashamiz). “Oʻzi nima ish qilasan uka?” deb savol bermaysiz degan umiddaman endi.

Nima oʻzi bu UX/UI?
UX(User Experience) termin asoschisi Don Norman hisoblanadi. Uning aytishi boʻyicha: UX - foydalanuvchining kompaniya, uning xizmatlari va mahsulotlari bilan o‘zaro munosabatlarining barcha jihatlarini o‘z ichiga oladi. Oʻzimizni tilda aytganda sayt yoki ilova bilan qiladigan aloqamizga UX deyiladi. UX foydalanuvchiga maksimal qulay va sodda sayt va ilovalar yaratishga harakat qiladi.

UI(User Interface) - bu sayt va ilovalarning vizual koʻrinishi. Ilova ranglari, shriftlari, buttonlar va hokazo. Hullas siz ilovada nima koʻrib turgan boʻlsangiz, shuning hammasini UI-dizaynerning vazifasi. Maksimal darajada chiroyli, sodda interfeys qilishga harakat qiladi.

Misol uchun, siz restoranga kirsangiz eng avvalo diqqatingizni interyeriga, xizmat koʻrsatish sifatiga, ixcham, chiroyiga va boshqa narsalariga e’tibor qaratasiz. Buning hammasi - UI. Ya’ni restoranda koʻrib turgan hamma narsangiz.
UX restoranning koʻrinmaydigan narsalariga javob beradi: narxi, ofitsiyantlar soni, taom qancha vaqtda tayyor boʻlishi, avtoturargohi va hokazo.

Hullas meni tushundingiz. Maqsad faqat va faqat qulaylik yaratish. Endi yoʻnalishimga oid mavzular haqida keyingi postlarda gaplashamiz.

Good luck!

@sultanbekdsgnuz