Get Mystery Box with random crypto!

Subut

Telegram kanalining logotibi subut — Subut S
Telegram kanalining logotibi subut — Subut
Kanal manzili: @subut
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 3.74K
Kanalning ta’rifi

Ega: @taftsiz

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar

2023-04-14 22:56:29 #shunchaki

@subut
857 views19:56
Ochish/sharhlash
2023-04-14 09:44:52 #tirgak

– Мenga ham bering.
– Nimadan..?
– Dardlaringizdan...
– Nimaga?
– Bir jonga bu dardlarning yuki og'irlik qilishini juda yaxshi bilaman..!


@subut
1.8K views06:44
Ochish/sharhlash
2023-04-14 07:09:39
#oyat

Qachon Qurʼon tilovat qilinsa, unga quloq solinglar va jim turinglar, shoyad, rahm qilinsangiz. (Aʼrof: 204)

@subut
1.9K views04:09
Ochish/sharhlash
2023-04-13 23:31:27 #Juma

Juma muborak, azizlarim!

@subut
2.0K views20:31
Ochish/sharhlash
2023-04-13 19:55:32Unutilishni istamasdim...

Esimni tanibmanki, boshqalarga oʻxshashdan, baʼzilarning soyasida qolib ketishdan oʻzimni olib qochaman. Aksariyat insonlar bot-bot takrorlovchi odatlarni, kundalik yumushlarni ularning qolipiga tushib, xuddi ulardek bajarishdan oʻzimni tiyardim.

Oʻylardimki, men hech kimga oʻxshamasligim, ular hayotining mazmuniga aylantirgan nuqtalarda, oʻrinlarda men boʻlmasligim kerak. Mening oʻzgacha hayot tarzim, hech kimnikiga oʻxshamas moʻjaz bir dunyom boʻlishi lozim edi. Dunyom shu qadar boshqacha boʻlishi kerak ediki, u yerdan, yerdagi baʼzi maxluqotlardan xoli boʻlsin... Masalan, baʼzi toifadagi insonlardan.

Deyarli hamma chiroyli hayot kechirib, oʻzidan salmoqli izlar qoldirishni, ibrat boʻlishni istaydi. Ammo hayot chigʻiriqlari, atrof-muhit bu orzu-maqsadlarni roʻyobga chiqish-chiqmasligini tezlatadi yoki teskarisi... Boshingga mushkulot tushib, hayot seni ming boʻlakka boʻlib tashlasa, seni har nechuk imkonlardan mosuvo qilsa, kiprik qadar, yoʻq-yoʻq, yurak gupuringda ularning hissasi boʻlgan yaqinlaringni, sogʻligʻingni sendan tortib olsa, sening haqiqiy inson sifatida shakllanishing uchun imkon tugʻiladi. Bunday paytlarda sen oʻzingni, oʻzligingni, oʻz irodangni yoʻqotmasliging, qazo-yu qadarga hech qanday isyonlarsiz taslimiyatingni ifoda etishing – oʻsha orzu-maqsadlarning quvvat manbai. Aksinchasidan esa Yaratgan Egam asrasin.

Kamina ham shunday toifadagi insonlardan biri edi. Yaʼni oʻz dunyosining yaratuvchisi. Ortga bir nigoh solsam, pichoqqa ilinadigan hech vaqo yoʻq. Oʻzim bunyod qilgan dunyoda adashib qolar darajadaman. Demak, hali hikoya tugamagan. Uni chiroyli yakunlash uchun esa tarozida adashmaslik kerak...

Unutilsak, nima boʻladi? Unutilmasak-chi? Bizdan oldin ham hayot boʻlgan-ku. Endi boʻlmaydimi?

Xayollaringizni bir nuqtada jamlang va diqqat bilan, butun borligʻingiz bilan meni eshiting! Hayotda oʻz oʻrningiz, oʻz qarashlaringiz, oʻz uslubingiz va oʻz dunyoyingiz boʻlishi, bu hayotda muayyan iz qoldirishingiz – yaxshi, albatta. Ammo qachondir insonlar eʼtiboridan, ularning yodidan oʻchishingiz ehtimoli katta. Juda katta. Ammo shuni bilingki, qora tunda qora chumolini koʻra olgan Zot hech qachon, hech narsani va hech bir amalimizni unutmaydi. Eng muhimi – Uning nazaridan qolmaslik. Ibrat boʻling: bilsa, bilar. Bilmasa, bilguvchi Zot yoʻqmi?! Bor!!!


Hamma amallarimizni, oʻzimizmi, ezgu ishlarimizni unitishar, ammo Yaratgan Egam unutmaydi. Muhimi – Uning eʼtiboridan qolmaslik. Qolgani, ustozim Odiljon Shodiyev aytganlaridek, ikkinchi darajali.

Behzod Sherzod oʻgʻli

@subut
2.2K views16:55
Ochish/sharhlash
2023-04-13 19:43:33 #oʻlamiz

@subut
2.0K views16:43
Ochish/sharhlash
2023-04-13 06:39:26
#oyat

Qachon Qurʼon tilovat qilinsa, unga quloq solinglar va jim turinglar, shoyad, rahm qilinsangiz. (Aʼrof: 204)

@subut
2.5K views03:39
Ochish/sharhlash
2023-04-12 05:51:28
#anglaganim

Baxtlilar kam emas.
Baxtni his eta oladiganlar sanoqli...

@subut
2.3K views02:51
Ochish/sharhlash
2023-04-12 05:31:36 #oʻtmishga #sayohat

Mening bolaligim bolalarda samimiylik yoʻqolishining oxirgi yillarida kechgan deb oʻylamayman. Hozir bolalarni uchratish qiyin. Ular yoʻqolib borayotgan turga oʻxshab kun sayin kamayib ketmoqda.

Hozirgi bolalar (bola deb boʻlsa, albatta) oʻzlarining samimiyatini, oʻzlaridagi gʻuborsizlikni arzimas narsalarga almashtirishmoqda. Ularni oddiy narsalar u qadar hayratlantirmay qoʻydi. Ularning hamma narsaga aqli yetadigandek...

U qadar qadimgi odam emasman-u, bizning davrlarda bolalar koʻp boʻlardi. Ular oddiy narsalardan ham olam-olam zavq olar, eshitganlariga astoydil ishonishar edi.

Har mavsumning bolalarga hadya etgan oʻyinlari boʻlardi. Bahor keldi deguncha hammaning qoʻlida chillak koʻrish mumkin edi. Xola-xola oʻynashardi oʻgʻil-qizlar. Eslasam, boshqacha hislarni tuyaman. Xola-xola oʻyinida barglar pulga aylanar, bonka qopqoqlari likopcha vazifasini oʻtardi. Oʻt-oʻlanlardan mazali «taomlar» tayyorlanardi.

Otquloq degan oʻsimlikni tuz bilan yerdik maza qilib. Etak-etak dovvucha yeb, tishlarimiz qamashib ketardi. Biz shu qadar yaxshi koʻrgan neʼmatlarga uyimizdagi bir etak «bola» qiyo ham boqmaydi.

Qorlar erib, maysalar boʻy koʻrsata boshlaganda bolalar yalpiz, jagʻ-jagʻ tergani chiqishardi. Onalarimiz ulardan koʻksomsa, chuchvara qilib berardi. Yoki oʻzini qovurib berardi. Biz paqqos tushirib olardik.

Biz yozda ham zavqlana olganmiz. Yozda ekinlarga koʻp suv quyiladi. Qishloqda yashaydiganlar buni yaxshi biladi. Shuning oqibatida ariqlarda suv qurimasdi. Biz ariq boʻyida loydan paqildoq yasardik. Ariq qumidan esa soqqa yasardik.

Olcha qizardi deguncha bizni olcha ustidan topishardi. Ichimlik solinadigan yelim idishlarga olcha toʻldirib, ustiga tuz separdig-u, maxsus tayoqcha bilan ularni ezardik.

Davomi bor...

Behzod Sherzod oʻgʻli

@subut
2.1K viewsedited  02:31
Ochish/sharhlash
2023-04-12 04:44:12
#oʻtmish

Eslaysizmi, u davrlarda samimiyroq edik negadir..

@subut
1.8K views01:44
Ochish/sharhlash