Get Mystery Box with random crypto!

​ Stamatalogiyada ogʻriqsizlantirish Mahalliy ogʻriqsizlantiri | ...........

Stamatalogiyada ogʻriqsizlantirish
Mahalliy ogʻriqsizlantirish samarali oʻtkazish uchun stamatolog-shifokor bosh miya nervlari haqida maʼlumotga ega boʻlishi kerak. Ular doimiy tartib raqamiga ega boʻlib 12-juftdan iborat.
Ularning uzaklari uzunchoq miyada voroliy koʻprigi va robisimon chuqur ostida joylashgan.
I. Hid sezish nervi-n.olfactoius
II. Koʻrish nervi-n.opticus
III. Koʻzni harakatlantiruvchi nerv-n.oculomotorius
IV. Gʻaltak nervi-n.trochlearis
V. Uch shoxli nerv-n.trigeminus
VI. Uzoqlashtiruvchi nerv-n.abducens
VII. Yuz nervi-n.facialis
VIII. Dahliz-chanoq nervi-n.vestibulo-cochlearis
IX. Til yutqin nervi-n.glossophayngeus
X. Adashgan nerv-n.vagus
XI. Qoʻshimcha nerv-n.accessorius
XII. Til osti-n.hypoglossus

Vazifalaridan kelib chiqib ular
3 guruhga boʻlinadi;
1) Sezuvchan aʼzolar (hid sezish,koʻrish va eshitish)(I, II va VIII juftlar) nervlari;
2) Harakatlantiruvchi (III, IV, VI, VII, XI, XII juftlar) nervlar;
3)Aralash ham sezuvchi,ham harakatlantiruvchi (V, IX juftlar) nervlar.
#nerv #ogʻriqsizlantirish

@Stomatologiya_info