Get Mystery Box with random crypto!

​Novakain-juda keng ishlatiladigan anestetik, paraaminobenzoy | ...........

Novakain-juda keng ishlatiladigan anestetik, paraaminobenzoy kislotaning murakkab efiri, suvda juda eruvchan, molekulalari toʻkima bilan mustaxkam boʻlmagan bogʻlam xosil qilgani uchun zaxarlovchi xususiyati juda kam. Sezuvchanligi baland boʻlgan nerv toʻkimalari molekulalarni tanlab, Uz ichiga kamrab oladi, ayniqsa, simpatik nerv sistemasida novokain ta’sirida dastlab sovuq va issikni sezish, ogʻrik, keyin esa bosimni sezish yoʻqoladi
Lidokain- aromatik amin amidi, animid suvda yaxshi eruvchan, qaynatganda esa kislota va ishkorlar ta’sirila oʻz xususiyatini yoʻqotmaydi. Novokaindan 4 marta kuchli ogriksizlantiradi, ammo 2 barobar zararli. Sekin parchalanadi va uzoq (3-5 soat) ta’sir kiladi. Xamma gurux nerv tolalariga barobar ta’sir kiladi. Sinonimlari astrakain, psilokain, lignokain, butvakain.
Eng oxirgi zamonaviy maxalliy anestetik artikain.
Sinonimi Ultrakain tiofen qatori xosilasiga mansub, bir vaqtda qon tomirlarning kengayishi va tekis mushaklarga spazmolitik ta’sir etadi. Oksillar bilan yuqori darajada bogʻlanishi,yogʻda kam eruvchanligi yaxshi omil xisoblanali. Shuning uchun ultrakainni kushimcha kasalliklari bulgan, ayniksa qari va xomilador ayollarga ishlatish tavsiya kilinadi. In’yeksiyaning 3-4 dakikadan soʻng ta’siri boshlanadi va 25 daqiqagacha davom etadi.Qisqa muddat ta’sir etishi e’tiborga olinsa, bu anestetikdan uzoq davom etmaydigan muolajalarda
foydalanish tavsiya etiladi.
#anestetik #novakain #lidokain

@Stomatologiya_info