Get Mystery Box with random crypto!

STIV JOBS MOTIVATSIYA

Telegram kanalining logotibi stivjobs_motivatsiya — STIV JOBS MOTIVATSIYA S
Telegram kanalining logotibi stivjobs_motivatsiya — STIV JOBS MOTIVATSIYA
Kanal manzili: @stivjobs_motivatsiya
Toifalar: Video
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 156
Kanalning ta’rifi

🌍 Milliarderlar Hayoti
🏛 Biznes va Sarmoyalash
🎰 Muvaffaqiyat Sirlari
💡 Motivatsiyalar
☯️ Pozitiv Kayfiyat
📚 Biznes Kitoblar
Admin @TohirjonovDiyorbek

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2022-07-13 21:05:39 Qarindoshlarni ishga olganda ularga boshqa xodimlarga qaraganda ko'proq vazifa berib, mas'uliyatini ko'paytirish kerak. Kim bo'lishidan qat'iy nazar xodimlar orasida teng ko'rilishi va ustunlik berilmasligi qarindoshni ham isloh qiladi. Xullas bunda ma'lum bir chegara yo'q, har kim har xil yo'l tutadi.

Bundagi chet el korxonalari tajribasini ko'raylik desak, ko'pchiligini biz o'zbeklarga o'xshab qarindoshlari ko'p bo'lmas ekan

"O'zbekda u, qiziqqonda" –

@Diyorbek_Tohirjonov
275 viewsedited  18:05
Ochish/sharhlash
2022-07-11 03:31:22 Hozirgi zamonda yangiliklar shu qadar ko’pki, zamon shu qadar shiddatliki bir biznesingiz bo’lsa, uning to’g’ridan-to’g’ri operatsiyasidan chiqib ketib, boshqa biznes qila olmaysiz. Bugun o’smasangiz, bugun islohot qilmasangiz bugun cho’kasiz.

Bir biznesning operatsionkasidan chiqib ketib, boshqa ishga qo’l urish uchun nima qilish kerak?

– Tizim! Ha, tizimlashtirish kerak. Ahamiyat bering, katta korxonalar borgan sari kengayib, rivojlanib boraveradi. Chunki korxonada hamma o’z lavozimiga mos qo’yilgan, hamma o’z ishini biladi, har oy har bir shaxs o’ziga yuklatilgan vazifa bo’yicha hisobot topshiradi. Buxgalter audit hisobotlarini, HR menejer xodimlar samarasi va ishga olish hisobotlarini, marketolog marketing hisobotlarini va hokazo.

Tizimni qanday qilib hosil qilish mumkin?

– Hamma korxonalar boshida o’zi tuzgan, o’zi tahlil qilgan tizim bo’yicha ish olib borishadi. Bu holat sodda tizim bilan ishlash qiyin bo’lgungacha davom etadi. So’ng korxonalar tizimlashtirib beruvchi kompaniya servislaridan foydalanishadi.

@Diyorbek_Tohirjonov
1.5K viewsedited  00:31
Ochish/sharhlash
2022-07-08 18:26:48 Biror kishiga ish buyursang, o'z xodiming bo'lsa ham, oson qilib ayt!

Hazrat Ashraf Ali Tahonaviy rohimahulloh aytadilar: Umuman olganda, odamlar biror kishini ishga buyursalar, gapni to'liq, mukammal qilib aytmay, chala gapiradilar. Keyin ular ishni ko'ngildagidek bajarmasa, bular xafa bo'lib yurishadi. Shogirdlar, uydagilar, xodimlar bilan qilinadigan munosabatda bu holat ayniqsa ko'p uchraydi. Adabning taqozosi shuki, birovga ish buyurayotgan vaqtda gapni mukammal, ochiq va oson yo'l bilan tushuntirish kerak".

Hakimul Ummat Ashraf Ali Tahonaviy hikmatlaridan..

@Diyorbek_Tohirjonov
1.3K viewsedited  15:26
Ochish/sharhlash
2022-07-07 16:49:09
Shu vaqtgacha Khaby Lameni hech kim tanqid qilmagan edi. Musulmon ekan, Qur’onni yod olgan ekan deyilgandan keyin. Tanqidni musulmonlar boshlab berdi Bu masqarabozku, ibratli nima joyi bor, amal qilmasa nima keragi bor, buni maqtayotgan musulmonlar buni puliga havas qiladi degan juda ko’p izohlar o’qidim! Aslida hammamiz Khabydekmiz faqat u ochiq oydin “masqaraboz”!

Sizga zarari tegmayotgan insonni chaynab nima qilasiz?

@Diyorbek_Tohirjonov
1.3K viewsedited  13:49
Ochish/sharhlash
2022-07-07 07:41:33 NFT haqida! Diqqat!

Ayni paytda NFT orqali pul qilishni o’rgatamiz degan qallob insonlarni o’ljasi bo’lmang. Ular asl infolo’ttibozlar bo’ladi. Umrida NFT olmagan, foyda ham qilmagan bo’lib. Ular bepul ma’lumotlarni sizga juda qimmatga sotadi.

NFT kelajagini xisobga olib hozir faqat ta’lim oling! Olib sotmang! Oldin uni nimaligini yaxshilab biling. O’rganing! NFT soqqa qiladigan narsa emas! Bu umuman boshqa maqsadda yaratilgan. Hozirda 99,5% NFT maqsadsiz hayp ustiga qurilgan!

Bizni bu bozorga kirganimizdan bir sababi ertami kechmi hamma bu ma’lumotlarga ega bo’lib, firibgarlarni qo’liga tushmasligi uchun info berish. Sof ta’lim berish. Pullaringizni muhofaza qilishga yordam berish. Sovuqqon bo’ling iltimos! Xissiyotingiz bilan o’ynashib sizni chuv tushurishlariga aslo yo’l qo’ymang! Bu haqida shunchaki bilim oling va fundamental narsalarni kasb qiling.

Hurmat bilan @Diyorbek_Tohirjonov
1.3K viewsedited  04:41
Ochish/sharhlash
2022-07-05 06:12:28 Boshliq (boss) bo’lish kerakmi yoki yetakchi?

• Dunyodagi qaysi bir top menejerlarni olmang ular yetakchilik sifati orqali ko’tarilgandir. Boshliq agar imperatordek bo’lsa, unga bo’lgan munosabat aniq negativ bo’ladi. Boshliqlik kuchli soft-skill emas, balki eng oson va eng qadrlanmaydigan skill'dir. Chunki hamma buyruq bera ola oladi, ammo hamma ham jamoani bir maqsad yo’lida bir xil inspiratsiya bilan ushlab tura olmaydi.

• Jamoasida boshliq emas, lider mavjud bo’lgan korxona – xodimlar orasidagi yaxshi munosabat va izchil o’sishga ega bo’lishi bilan boshqalaridan ajralib turadi.

@Diyorbek_Tohirjonov
1.3K viewsedited  03:12
Ochish/sharhlash
2022-07-03 06:12:32 U avtohalokat sababli chap qo'lidan ayrildi. Doktorlar unga stressga tushib qolmaslik uchun biror mashg'ulotga qatnashni maslahat berishdi. U Dyuzdo sport turini tanladi va tajribali yapon ustozga shogird tushdi.

• U sensei'dan Dyuzdo sportini yaxshilab o'rgandi va bir qo'li yo'q bo'lishiga qaramay, tez orada musobaqaga qatnashadigan bo'ldi. O'zining kam yillik tajribasidan qo'rqsa ham, ustozi unga kuchli ishonch bildirdi. Natijada..

– Natijada esa u yigit raqiblarni aylanma usulda yerga uloqtirardi. Hech qanday qiyinchilik bilmay katta turnirda g'olib bo'ldi. Ammo qanday qilib? Nahotki chap qo'li yo'q bo'lishiga qaramay g'olib bo'lsa? U shu savollarni so'rab senseiga yuzlandi.

"Sen aylanma usulni oson o'rganingni sababi ham bir qo'ling yo'qligidadir, bu Dyuzdodagi eng qiyin ko'nikmalardan biridir va raqib nega seni bu usul bilan yenga olmasligini sababi esa, u senga shu usulni qo'llashi uchun, unga sening chap qo'ling kerak bo'ladi", dedi ustozi unga.

Ojiz tomoningizni dominantingizga aylantiring.

@Diyorbek_Tohirjonov
1.5K viewsedited  03:12
Ochish/sharhlash
2022-06-29 02:50:46
– Agar musulmon Islom kelajagi undan talab etadigan ilmiy va iqtisodiy faoliyatni unutgan holda, Kaʼba oldida umrbod ibodat bilan mashgʻul boʻlsa ham, bu ishi uni Alloh oldida hech narsadan behojat qilolmaydi.
– Zero, korxonalar qurish masjidlar qurish bilan barobardir!

Shayx Muhammad Gʻazzoliy rohimahulloh

@Diyorbek_Tohirjonov
2.1K viewsedited  23:50
Ochish/sharhlash
2022-06-28 11:58:44
Kreativ reklamalar – KFC

• Angliyada KFC tarmoqlari sinfida hali hech kim qilmagan reklama bilboardlari uchun kreativ g'oya ishlab chiqishdi.

Bilboardning tagida tuman qiluvchi maxsus qurilmalar qilingan bo'lib, xuddi bilboarddagi tovuq go'shtini issiqqina va "свежий" qilib ko'rsatish reja qilingan. Kutilganidek, bu uslub aholining iliq fikrlariga ega bo'lishga ulgurdi.

@Diyorbek_Tohirjonov
2.1K views08:58
Ochish/sharhlash