Get Mystery Box with random crypto!

– Aslida hamma insonning o'ziga xos, takrorlanmas bir g'ayrati | STIV JOBS MOTIVATSIYA

– Aslida hamma insonning o'ziga xos, takrorlanmas bir g'ayrati bo'ladi. U narsani qay yo'sinda ishlatish esa insonga havola qilingan. Masalan, kimdirning fe'lida og'irbosiqlik, jiddiylik haddan tashqari ko'p bo'ladi. Yoki yana kimdirni ko'rasizki, kechirimli, ko'ngli yumshoq bo'ladi. Bu xususiyatlar o'zgarmasdir. Inson ham buni Alloh taolodan o'zgartirishini istashi kerak emas, aksincha o'z xususiyatlarini xos o'rinlarda ishlatsin.

• Masalan, o'ta jiddiy odam o'zining qiladigan qabihliklariga, ayblariga, yomonlik va zulmlarga bo'lgan munosabatlarda qo'llasin. O'zidan xato o'tmasligiga o'ta jiddiy bo'lsin. Ko'ngli yumshoq odam esa boshqacha muolaja qilinadi. Ya'ni u odamlar unga bergan ozorlariga, ahliga, shogird va o'quvchilarining bilib bilmay qilgan xatolariga ko'z yumib o'z xususiyatidan foydalansin. Ana shunda har bir xususiyat egasi foydada bo'ladi. Shu o'rinda ajoyib bir voqeani aytib o'taman.

"Bir kuni imom Shoh-Dehlaviy ko'chadan o'tib ketayotsa, bir kishini osib qo'yishgan ekan. Shunda: "Bu kishi kim va nega bunday ahvolda?" deb so'rabdilar. Odamlar: "Bu kishi o'g'ri. Birinchi marta narsa o'g'irlaganida bir qo'li kesilgan edi, ikkinchisida esa ikkinchi qo'li, mana uchinchi martasida esa dorga osildi" deyishibdi. Imom Shoh-Dehlaviy bo'lib o'tgan ishdan achinib, o'g'rini izzat ikrom qilibdilar. Odamlar: "Ey hazrat, bu nima degan gap?", desalar, Imom: "Men uni shaxsiyatiga izzat ikrom qilayotganim yo'q, men uni ishiga qanchalar tavajjuh, jiddu-jahd ko'rsatganiga izzat qildim. Bu qani edi shu jahdini yaxshilik yo'liga sarf etsa edi.., vaholanki u noto'g'ri yo'lga sarflabdi...", dedilar".


︎Sizda ko'ndirish qobilyati bormi?

– Uni yolg'onda, aldovda qo'llamang. Uni HR tizimda, sotuvchi-maslahatchilik o'rinlarida qo'llang!

︎Sizda perfeksionistlik bormi?

– Uni ibodatlarda, kitob o'qishda qo'llang. Uni hunarmandchilik, ustachilik, bog'bonlik ishlarida qo'llang.

︎Sizda introvertlik bormi?

– Uni qilgan ayblaringizga bo'lgan siqilish va afsuslanishlarda, nadomatlarda qo'llang.

︎Sizda ko'z shahvatiga moyillik bormi?

– Uni ayolingizga bo'lgan munosabatlarda qo'llang.

︎ Sizda tanqid qilishga, "tirnoq ichidan kir qidirish"ga moyillik bormi?

– Uni degustatorlik (ovqat maza-ta'mini baholovchilik), muharrirlik, musahhihlik, komissiyalik, testirovshikliklarda qo'llang.

Har narsani to'g'ri yo'lda foydalanishni o'rganing!

@Diyorbek_Tohirjonov