Get Mystery Box with random crypto!

Yaxshilik qilishni yaxshiroq qilamiz! • Mana hammaga ma'lumki | STIV JOBS MOTIVATSIYA

Yaxshilik qilishni yaxshiroq qilamiz!

• Mana hammaga ma'lumki, shu paytgacha xayriya jamoat tashkilotlari juda ham ko'paydi. Bu juda ham yaxshi. Miskin va faqir kishilarni xursand qilish va ularning xojatlarini chiqarish juda maqtalgan ish hamdir.

︎Ko'p yerlarda qilingan ishlardan andoza olgan holda, ana shu yaxshiliklarimizni yana ham yaxshi ravishda qilishimiz mumkinligini eslatib o'tmoqchiman.

– Deylik, siz bir xonadonning bir oylik ro'zg'orini qilib berasiz va balki u xonadonda ishlash qobilyatiga ega insonlar ham bor. Qancha olib kelib bermang, baribir keyingi oy xarajatlari uchun muxtojliklari chiqaveradi. U muammoga yechim emas, problem-solving va problem-procrastinating'ni farqi ham shunda.

U xonadon uchun o'zlari pul topishlariga yordam bering. Ayol va qizlar bo'lsa tikuv mashinasi, parranda va darrandalar yoki ularni biror yerga qobilyatiga qarab ishga kirishida yordamlashish kabilar muammoga asl yechimdir. Aslida oqil inson amallarini intensiv bajarishga odatlanishi kerak. (Bu haqda keyinroq gaplashamiz)

• Oilada ishlash yoshiga yetgan o'g'il bolalar bo'lsa ularni birorta ishga yollab qo'yish va boshlanishiga dastak berish har oy ular uchun ming bir ixlos bilan bergan taqdirda ham oladigan xayriyalaridan ancha yengil "tomoq"dan o'tadi, bolada o'ziga ishonch va oila mas'uliyati kabi xislatlar yuzaga chiqadi.

(Unday bo'lmagan holatlar uchun, boshqa choralarni qilish mumkin, bu umumiy emas, xos tushuncha xolos)

@Diyorbek_Tohirjonov