Get Mystery Box with random crypto!

Kambag'allik fikrlashdan boshlanadi. • Har kuni bir xil ish, | STIV JOBS MOTIVATSIYA

Kambag'allik fikrlashdan boshlanadi.

• Har kuni bir xil ish, bir xil hayot tarzi. Oylik chiqishi bilan ketadigan joylarga ketib, yana keyingi oylikni kutib yashash... Uyda falon-fiston yo'q, ora-sirada favqulotda xarajatlar tug'ilib qolishi va unga pul kerak bo'lganda esa qarz olish. Qarz berish vaqti kelganda esa, qo'lda pul bo'lmay qolishi va kredit olish... Essiz!

• Bu dunyo sabablarga o'ralgan. Biz insonlar sabablarini qilib yashashimiz darkor. Inson avvalo saviyasini, ilmini boyitishi kerak. Boy inson bilan kambag'al inson nafaqat puli ko'p yoki kamligi bilan balki saviyasi ko'p yoki kamligi bilan ham farqlanadi. (Biz bu yerda o'z ixtiyori bilan o'rtahollik yo'lini tutganlarni emas, kambag'al ammo kambag'alligidan noliyveradigan, noshukr insonlarni aytyapmiz)

• Kambag'allik fikrlashdan boshlanadi. Aslida insondan chiqqan har bir gap Allohning nazdida katta qadr-qiymatga ega. Ustozimiz Abdulmannon Abdulloh domla aytganlaridek, har bir gap buyurtmadir. Aksar kambag'allarning so'zlariga quloq solganmisiz, "Eh qaniydi, bitta ulov yoki mana shuncha pul bo'lib qolsaya!?". Keyin Alloh taolo ana shu kishiga o'zi aytganidek, ana shuncha pul va ana shu ulovni berib qo'yadi va vaqti kelib u mashina eskirsa "Eeh, biz bechora shu ulovda qolib ketdikda" deydi. Haa befarosat, o'zing shuni bir vaqtlar orzu qilganding-ku. Yoki o'zing shu ishni orzu qilgandingku, desang. Fikri boy va farosatli insonlarni buyurtmalarini eshitganmisiz, "Allohim, o'zing bu dunyoda ham oxiratda ham eng yaxshilari bilan ne'matlantir" va hokazo va bu kabi buyurtmalar har zamonda umumiyligini yo'qotmaydi.

• Saviyasi, ilmi, aqlini boyitishga bugun pul tikmagan, vaqt sarflamagan kishining ertasi birovlarning qo'liga qaramlikda qolib ketaveradi. Shunday ekan, bugundanoq o'zingiz bilan jiddiy shug'ullaning. Fikrdagi tormozlaringiz va duolaringizdagi nomaqbulliklarni yo'qoting.

@Diyorbek_Tohirjonov