Get Mystery Box with random crypto!

📈 START UP BIZNES 📈

Telegram kanalining logotibi start_up_biznes — 📈 START UP BIZNES 📈 S
Telegram kanalining logotibi start_up_biznes — 📈 START UP BIZNES 📈
Kanal manzili: @start_up_biznes
Toifalar: Biznes , Psixologiya
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 1.16K
Kanalning ta’rifi

Истасанг, имкон топилади. Истамасанг, баҳона топилади!
Murojaat uchun admin: @Q0RAMARVARID
🔖Reklama uchun: @startup_rek

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 3

2021-01-26 19:29:26
Шу видеони кўриб эшитиш даражангизни билиб олинг!
Стрелка қайси рақамга келганда товушни эшитсангиз, демак сиз шу оралиқдасиз

160-100 аъло
100-80 жуда яхши
80-60 яхши
60-40 ўртача
40-20 ёмон
20-0 жуда ёмон

Дўстларга ҳам юборинг. Текшириб кўришсин.


Bizning kanal:
@start_up_biznes
3.9K viewsedited  16:29
Ochish/sharhlash
2021-01-21 18:06:56 ​​Soatsoz asli Oʻzbek millioner Jaco Arabo haqida eshitganmisiz?

Jaco Arabo (asl ismi Yoqub Arabov) 1964-yilda Toshkentda tugʻilgan. 14 yoshida oilasi bilan New York ga koʻchib ketgan. Jaco maktabni tugatib, 6-7 oy mobaynida zargarga shogird tushib oʻrganadi. 17 yoshida ilk zargarlik doʻkonini ochadi. U qisqa vaqt mobaynida zargarlikda katta muvaffaqiyatlarga erishadi va soatsozlik sohasiga ham qoʻl uradi. U zargarlik va soatlar dizaynini birlashtiradi va ajoyib sanʼat asarlarini yaratadi.

Shu tariqa Jaco «JAKOB & CO» brendiga asos soladi. Shuningdek, uning soatlari mashhurlar orasida alohida hurmatga ega va uning bor yoʻgʻi ikkita boʻlgan noyob KAZINO nomli soatlaridan biri Conor Makkregor'da va yana biri Reper Drake'da.

Hozirda Jaco'ning dunyo boʻylab 300 dan ortiq doʻkonlari mavjud. Uning boyligi esa 50 million $ dan ortiq.

Uning shu kungacha eng qimmat sotilgan mahsulotlari:
1. Briliant uzuk — 5 million$.
2. Jacob &Co Astronomia Tourbillion Baguate watch — 1 015 000$.
3. Billionarie watch — 18 million$.

Manba: TheDailyuz kanali.

Bizning kanal:
@start_up_biznes
6.2K views15:06
Ochish/sharhlash
2021-01-18 14:49:46
Izohga hojat yo’q deb o’yladim, ko’rib o’z fikringizni qoldiring. Anglab yashashga o’tish vaqti keldi!

Manba: PSIXOLOGIY kanali.

Bizning kanal:

@start_up_biznes
5.9K views11:49
Ochish/sharhlash
2021-01-17 14:44:30
Aslida inson doim baxtga intilib yashaydi. Biz pul, sevgi, uy, mashinalarni xohlaganimizda, shunchaki ularga ega bo'lishni xohlamaymiz, biz shu narsalar orqali keladigan baxtni, sarguzashtni, erkinlikni xohlaymiz.

Sizlarga aytmoqchi bo'lganim, agar sizni baxtli qiladigan narsani topsangiz, shunchaki bundan, zavqlanishni o'rganing, muammolarga emas, siz aslida xohlayotgan narsaga butun e'tiboringizni qarating, qalban va aqlan shu joyda bo'ling. Agar sizga baxt beradigan narsa bilan zavqlanishni o'rgansangiz, miyyangiz doim shu narsalarga intila boshlaydi va hamma joydan shuni qidiradi. Siz pulni xohlaysizmi, bu siz uchun zavqli bo'lsin, muhabbatni xohlaysizmi, u bilan bo'lganingizda zavqlaning. Zavqlanish bu "KAYF" qilish emas. To'g'ri ishlarni qilish bilan ham inson zavqlanishi mumkin.


Va siz biror narsadan zavqlanishni boshlasangiz, bu hayotingizga yana va yana kirib keladi, chunki sizning fikrlaringiz, hissiyotingiz, xarakatlaringiz sizni doim shunga olib keladi.

Bizning kanal:

@start_up_biznes
5.4K viewsedited  11:44
Ochish/sharhlash
2021-01-05 19:08:42
Covid-19 virusi sabab boyib ketgan Xitoylik Chjun Shanshan.

Xitoylik Tadbirkor Chjun Shanshan uchun 2020-yil juda omadli keldi. Chunki, u 2020-yilda Osiyoning eng boy odamiga aylandi. Dunyo bo'yicha esa 11-raqamli milliarder bo'ldi. Tasavvur qiling, atiga bir yil ichida 130-raqamdan keyinda turgan milliarder birdaniga Dunyoning Top-15 Milliarderlar ro'yxatiga kiritildi.

Hozirgi kunda Chjun Shanshanning boyligi 77,8 mlrd dollarni tashkil qiladi. Yil boshida esa uning boyligi atiga 6,9 mlrd dollar bo'lgan. Uning boyligi Yil yakuniga qadar 70,9 mlrd dollarga yoxud qariyb 11.3 baravarga oshgan.

Xitoylik Tadbirkorning boyligi keskin oshib ketishiga sabab shuki, u asos solgan "Wantai Biological Pharmacy Enterprise Co." kompaniyasi Koronavirus kasalligiga qarshi vaksina ishlab chiqargan. Shuningdek u "Nongfu Spring" kompaniyasiga ham egalik qiladi.

Manba: TheDailyuz

Bizning kanal:

@start_up_biznes
6.0K views16:08
Ochish/sharhlash
2021-01-05 19:07:17
Maqsadga erishish uchun hamma narsani qiling!

Oʻsish - bu omon qolish mexanizmi, shuning uchun ham yuqori choʻqqiga erishish uchun siz haqiqatan ham koʻp mehnat qilishingiz kerak. Yoshga, tashqi va ichki omillarga qaramay, toʻsiqlarda toʻxtab qolmaslik, mumkin boʻlgan va imkonsiz boʻlgan hamma narsani qilish muhimdir.

Amansio Ortega hayoti davomida har bir kasbni sinab koʻrdi : u pollar va dastgohlarni yuvdi, arzon tovarlarni sotdi, mijozlar bilan muloqot qildi. Biroq, bu harakatlarning har biri uning kuchli va bardoshli shaxsga aylanish uchun kichik, ammo zarur qadam edi. U hech qachon pulni oʻz maqsadi deb hisoblamagan va shu sababli boshqalarning va begonalarning fikri haqida qaygʻurmagan. Yaxshilikka intiling, oʻtkinchi toʻsiqlar oldida taslim boʻlmang!

Amansio Ortega

Manba: TheDailyuz

Bizning kanal:

@start_up_biznes
4.8K views16:07
Ochish/sharhlash
2020-12-29 18:48:57​Hayot insonni sinovlar bilan sinarkan. Sen eng to’g’ri va eng ravon yo’lni tanlasangda, baribir to’siqlarga duch kelasan.
Bu nima uchun ? Seni toblash uchun. Yiqildingmi, qayta tur, kurash, oldinga harakat qil. Ko’rganman, "Bo’ldi, yengildim" deganlarni. Ular qo’rqoq. Ular kurashishga ham tayyor emas, shuning uchun bitta zarbadayoq ortga qaytishni afzal bilishadi. Ko’rganman, "Bu ham bir sinovda, buniyam yengaman" deganlarni. Ular kuchli. Ular har bir zarbani o’zida toblanib boraverishadi. Futbol yulduzi Ronaldu ko’pchilikka o’rnak.
U hech qachon ortga chekinmagan. Doim kurashgan. Bir safar intervyusida
"Men qaytaman, qaytganda ham kuchli bo’lib qaytaman" degandi. U faqatgina gap bilan emas, amal bilan ham isbotlayapti. Yiqilish – bu final emas. Yiqilish – bu startni
qayta olish uchun imkoniyat.

Manba: Motivatsiya Rivojlanish kanali.

Bizning kanal:

@start_up_biznes
4.9K views15:48
Ochish/sharhlash
2020-12-24 18:00:04 Oʻz biznesini boshlayotgan har bir tadbirkor bilishi kerak boʻlgan 4 narsa

1. Sizning biznesingiz rivojlanadi. Unga imkoniyat bering
Bozor doimiy ravishda oʻzgarib turadi va oʻtgan yili ishlagan narsalar bu yil ishlamasligi mumkin. Agar bozor bilan rivojlanmasangiz, muvaffaqiyatga erisha olmaysiz.

2.
Biznes — bu pul ishlash degani emas
Biznes — bu foyda va qadriyatlar degani. Shaxsan oʻzingiz qadrlaydigan narsadan pul topa olsangiz, ishlashdan aslo charchamaysiz. Agar siz odamlarga biznesingiz keltiradigan foyda va qiymatni yetkazishni istasangiz, pulning oʻzi keladi.

3. Tez boyib ketmang
Foydani tezda qoʻlga kiritishning barcha usullari sizning tovaringizning istiqbollari va mijozlarning sodiqligini susaytiradi yoki koʻzingizni qamashtirmaydigan va siz ishonmaydigan narsalar ustida ishlash holatiga qaytaradi.

4. Mijozlar bilan oila aʼzolari kabi munosabatda boʻling
Ular biznes yuritishingizning asosiy sababchilaridir. Mijozlarga hurmat bilan munosabatda boʻling.

Bizning kanal:

@start_up_biznes
5.1K views15:00
Ochish/sharhlash
2020-12-24 17:00:04Siz biznes ochish niyatidamisiz? Yoki biznes bilan shug`ullanishni boshladingizmi? Yoki biznesingizda muammolar paydo bo`lyaptimi? Biz sizga yordam beramiz.

"Kichik biznesdagi odatiy xatolar" nomli kursimiz har qanday biznes bilan shug`ullanuvchi inson uchun xuddi 1chi sinf alifbosidek juda ham zarur.
Ushbu kursda siz nima qilish kerakligini emas, nimalar qilish kerak emasligini tushunib olasiz.

Sababi, ko`pincha biznes boshlab, 2-3 yil ichida muvaffaqiyatsizlikka uchraganlarning deyarli hammasida bir xil xatoliklar kuzatilmoqda.

Dono inson boshqalar xatosidan o`rnak oladi deganlaridek, ushbu xatolarni qayta takrorlagandan ko`ra eng keng tarqalgan xatolarni o`rganib chiqing.

Ushbu kurs sizning minglab dollarlik mablag`laringizni, behuda ketishi mumkin bo`lgan vaqtingizni va quvvatingizni saqlab qoladi. Kurs sodda tilda ishlab chiqilgan, shu sabab, uni o`rganishda deyarli hech qanday qiyinchiliklar bo`lmaydi.

Hoziroq o`qishni boshlang: http://aristotle.uz/courses/kichik-biznesdagi-odatiy-xatolar/

Biznesingiz rivoji uchun o`z bilimlaringizga investisiya kiriting.

www.aristotle.uz
Telegram | Instagram | Facebook
4.3K views14:00
Ochish/sharhlash
2020-12-19 15:32:52
Тоқатиндан кўпига кўз олайтирма, акс ҳолда ҳолинга вой.

Дахшат видео! Кўришингиз шарт! Фақат туб маъноси тушуниб олинг.

Бизнинг канал:

@start_up_biznes
5.0K views12:32
Ochish/sharhlash