Get Mystery Box with random crypto!

Oʻz biznesini boshlayotgan har bir tadbirkor bilishi kerak boʻ | 📈 START UP BIZNES 📈

Oʻz biznesini boshlayotgan har bir tadbirkor bilishi kerak boʻlgan 4 narsa

1. Sizning biznesingiz rivojlanadi. Unga imkoniyat bering
Bozor doimiy ravishda oʻzgarib turadi va oʻtgan yili ishlagan narsalar bu yil ishlamasligi mumkin. Agar bozor bilan rivojlanmasangiz, muvaffaqiyatga erisha olmaysiz.

2.
Biznes — bu pul ishlash degani emas
Biznes — bu foyda va qadriyatlar degani. Shaxsan oʻzingiz qadrlaydigan narsadan pul topa olsangiz, ishlashdan aslo charchamaysiz. Agar siz odamlarga biznesingiz keltiradigan foyda va qiymatni yetkazishni istasangiz, pulning oʻzi keladi.

3. Tez boyib ketmang
Foydani tezda qoʻlga kiritishning barcha usullari sizning tovaringizning istiqbollari va mijozlarning sodiqligini susaytiradi yoki koʻzingizni qamashtirmaydigan va siz ishonmaydigan narsalar ustida ishlash holatiga qaytaradi.

4. Mijozlar bilan oila aʼzolari kabi munosabatda boʻling
Ular biznes yuritishingizning asosiy sababchilaridir. Mijozlarga hurmat bilan munosabatda boʻling.

Bizning kanal:

@start_up_biznes