Get Mystery Box with random crypto!

#TIBBIYOT #Inson_qadri_uchun 'Tibbiyotdagi islohotlar - inson | Shofirkon tuman tibbiyot birlashmasi

#TIBBIYOT
#Inson_qadri_uchun

"Tibbiyotdagi islohotlar - inson qadri uchun" shiori ostida tuman Tibbiyot birlashmasida “Daftarlar”ga kiritilgan  va kam taʼminlangan oilalarning tibbiy ko‘makka muhtoj aʼzolari uchun malakali tibbiyot xodimlari tomonidan jarrohlik amaliyoti o‘tkazib kelinmoqda.

Bugun Bog‘iafzal mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi 2 nafar fuqarolarga ham ana shunday tibbiy xizmat ko‘rsatildi.

Birinchi jarrohlik amaliyoti Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filiali bilan hamkorlikda o‘tkazilgan bo‘lib, bunda bemordagi diafragmal churra olib tashlandi. Hozirda bemorning holati yaxshi.

Shofirkon tumani hokimligi axborot xizmati