Get Mystery Box with random crypto!

#TIBBIYOT #Inson_qadri_uchun Ikkinchi amaliyot tuman Tibbiyot | Shofirkon tuman tibbiyot birlashmasi

#TIBBIYOT
#Inson_qadri_uchun

Ikkinchi amaliyot tuman Tibbiyot birlashmasining tajribali shifokorlari -  oliy toifali xirurg Hasan Hamidov va Sunnatillo Naimovlar tomonidan kichik invaziv yuqori texnologiyali usul orqali amalga oshirilgan bo‘lsa, jarayon 1 soat-u 20 daqiqa davom etdi. Bunda bemordagi chap tuxumdon kistasi va chuvalchangsimon o‘simta olib tashlandi. Jarrohlikda ishtirok etgan shifokorning aytishicha, bu usul orqali o‘t pufagi hamda exinokokk kistasini olib tashlash, oshqozon va o‘n ikki barmoqda teshilgan yaralarni tikish amalga oshirilar ekan.

Anʼanaviy va kichik invaziv yuqori texnologiyali usullar orqali bir kunda 4-5 nafar tumandoshlarimizning salomatligini tiklash maqsadida jarrohlik amaliyotlari o‘tkazilmoqda,-deydi shifokor-xirurg S.Naimov.

Shofirkon tumani hokimligi axborot xizmati