Get Mystery Box with random crypto!

#tafakkur 'Musiqa, ey do'stim musiqa. Vafotimdan keyin, musi | 𝐍𝐑𝐌.

#tafakkur

"Musiqa, ey do'stim musiqa. Vafotimdan keyin, musiqa va gunohi joriyalar sabab jahannamning shu joyiga tashlandim. Alloh guvohki, hayotligimda hech bir kunim Unga ibodat qilmay o'tmagan. Lekin vafotimdan keyin farishtalar har kun meni qiynashyapti"
Keyin farishtalar uni yana sudrab ketishdi.

Bu tushim hayolimda aylanib turdi. "Gunohi joriyalar" deganda nimani nazarda tutganiga tushunmayotgandim.

Keyin, esladim. Do'stimning sahifasi bor edi va u yerda turli xil qo'shiqlar, videolar tarqatar edi. Uning obunachilari juda ko'p edi, u uchun juda xafa bo'layotgandim. Demak, odamlar uning shu sahifasi sabab qo'shiq eshitishsa gunohi unga yetib turar ekanda, deb o'ylab, hakker izlay boshladim.

Ancha izlandim, urindim. Alloh O'zi yo'limizni tog'riladi va bir amallab uning sahifasiga kiroldik. U joylagan barcha post va musiqalarni o'chirdik.

Anchadan keyin qalbim taskin topa boshladi. Endi uxlay olardim. Qo'shiq eshitishni to'xtatgandim. Chunki, do'stimning o'sha holati ko'z oldimdan hech ketmas edi.

_
Kimdir to'qima desin, kimdir ishonmasin, u sizning xohishingiz. Xulosa sizdan )